Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Azamat Abduraimov: «BAAga qarshi o‘yinda yangi futbolchilarni sinab olamiz»

Azamat Abduraimov: «BAAga qarshi o‘yinda yangi futbolchilarni sinab olamiz»

Baho:
+ | -

Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Bugun har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining birinchi qismida terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov qatnashdi.

“Bu biz uchun so‘nggi nazorat o‘yini. Biz uchun ertangi o‘yinda avvalgi nazorat uchrashuvllari singari natija muhim emas. Muhimi o‘yinimizni shakllantirib olish.

Biz bir yil hech qanday musobaqalarda ishtirok etmadik. So‘nggi ikki oy ichida musobaqalarda ishtirok etdik. BAAga qarshi ilk o‘yinda umuman maydonga tushmagan yangi futbolchilarni sinab ko‘raman.  Ikkinchi bahsda esa terma jamoamizning asosiy tarkibi harakat qiladi.

Muammolar doim bo‘ladi. Moskvadagi turnirda ishtirok etgan futbolchilarga dam berishga harakat qildik va bu to‘g‘risida O‘FA jamoalarga xat jo‘natdi. Faqatgina "Nasaf" futbolchilarni o‘ynatishda davom etdi va hozir ular jarohat olgan va o‘yinga tayyor emas. Meni jarohatlar bezovta qilyapti. Terma jamoamiz asosiy himoyachisi Mo‘ydinov ham jarohat olgan va kelgusi o‘yinlarda ishtirok etmaydi .To‘g‘ri bu bahona emas, lekin menimcha, terma jamoa manfati klublardan ustun turishi kerak.

Guruhdagi raqiblar  haqida deyarli ma’lumotlarga ega emasmiz. Yaqinda Xindiston ishtirokidagi o‘yinlar videosini ko‘rdik. Ular kichik turnirda g‘olib bo‘lishdi va umuman gol o‘tkazmagan holda 28ta gol urishga erishishdi.

Bahraynga to‘xtaladigan bo‘lsak, BAA va Bahrayn bir hil o‘yin ko‘rsatadi. Shu sababli BAxraynga qarshi o‘yin oldidann BAAga qarshi o‘yinlar yaxshi tayyorgarlik fazifaasini bajaradi.

Dushanbedagi musobaqadan keyin Tojikiston terma jaomasida yoshi kichkinaytirilgan futbolchilar borligi haqida gapirganmidim? Ha, ularning safida ko‘rinishiga nisbatan ancha yoshi katta futbolchilar bor edi. Lekin men buni jiddiy aytmagan edim. Jurnalistlarga esa shunday gaplar kerak.

Bizning tarkibda yo‘qmi? Yoshi kichkinaytirilgan futbolchilar avvaldan bo‘lgan.. “Yuventus”da o‘ynagan hamyurtimiz Zeytullayevning yoshi ham kichkinaytirilgan edi. O‘FA bundaylarga qarshi kurashyaptimi, demak ular ishlayapti.

Rahbariyat bizga doim yuqori maqsadlarni qo‘yadi. Maqsadimiz saralashda o‘tib Osiyo chemepionati finaliga chiqish”, - deya Azamat Abduraimov so‘zlarini keltiradi Stadion.uz xodimi Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:17, 07.09.2019.
O'qildi: 3524 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.