Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. «Arsenal» muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdi (videosharh)

APL. «Arsenal» muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdi (videosharh)

Baho:
+1 | -

Angliya chempionatining 5-turi doirasida "Arsenal" safarda "Uotford" klubi mehmoni bo‘ldi.

"Kanonirlar" birinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bahsning 22 va 32-daqiqalarida Pyer-Emerik Obameyang raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar faol o‘yin namoyish qila boshlab, hisobni bittaga qisqartirishdi. "Uotford"ning urinishlari o‘yin so‘ngida yana bir marta samara keltirdi. David Luis o‘z jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisini chalib yiqitdi. Pereyra penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, "Arsenal" ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Emeri shogirdlari 8 ochko bilan jadvalda 7-o‘rinni band etishgan.

Angliya premyer-ligasi, 5-tur
Uotford – Arsenal 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 21 Obameyang, 0:2 – 32 Obameyang, 1:2 – 53 Kleverli, 2:2 – 81, penalti Pereyra.
Uotford – Foster, Femeniya, Douson, Kabasele, Xolebas (Yanmat, 78), Dukure, Kapu, Xyuz (Pereyra, 63), Kleverli, Deulofeu, Grey (Sarr, 54).
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos, David Luiz, Kolashinas, Djaka, Genduzi (Torreyra, 67), Sebalyos (Uillok, 60), Ozil (Nelson, 71), Pepe, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kolashinas (43), Xolebas (45), Genduzi (45), Femeniya (56), Leno (76), Kapu (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:41, 15.09.2019.
O'qildi: 4813 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик