Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevropaga qo‘shilgan qozoq futboli bundan yutadimi?

Yevropaga qo‘shilgan qozoq futboli bundan yutadimi?

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionatiga chiqish uchun saralash o‘yinlarida Qozog‘istonning Belgiya bilan o‘yinini ko‘rdim. Ha, belgiyaliklar, o‘sha mashhur Eden Azar va uning jamoadoshlari Qozog‘istonga tashrif buyurishdi. Qozoqlar kutilganidek tajribali raqiblariga mag‘lub bo‘lishdi. Ammo natija u qadar yirik emas, 0:2, xolos.

QOZOQ FUTBOLI UCHUN TAJRIBA

UYEFAga qo‘shilgan Qozog‘iston futboli bundan ham yutadi, ham yutqazadi. Keling, avvalo, bu holatning ijobiy tomonlari haqida fikr yuritamiz.

Qozog‘iston klublari bizning klublari kabi OFK yoki OCHL uchun emas, Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasida ishtirok etish uchun kurashishadi. Bizning klublar Arab jamoalari bilan kuch sinashib yurgan bir paytda qozoq klublari Yevropaning  tajribali jamoalari bilan raqobatlashishadi. Hatto “Astana” klubi Yevropa Ligasida ishtirok etmoqda. Xabaringiz bor, “Manchester Yunayted” “Astana” mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida zafar quchgan edi. Bu esa katta tajriba degani. To‘g‘ri, g‘alabalar, xalqaro sovrinlar deyarli bo‘lmaydi, lekin tajriba to‘planadi, Yevropa futbolining havosi kirib keladi.

Terma jamoa haqida ham shunday deyish mumkin. Biz O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropaning grand jamoalariga qarshi o‘ynashini, hech bo‘lmaganda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini istayotgan bir paytda Qozog‘iston Germaniya, Belgiya va boshqa grand jamoalar bilan mundialga chiqish uchun kurash olib boradi, bunday jamoalar bilan rasmiy o‘yinlarda maydonga tushadi. To‘g‘ri, bugun qozoqlar Belgiyaga yutqazishdi, ammo nimadir o‘rganishdi, tajriba to‘plashdi. Bugun Qozog‘iston terma jamoasi a’zolari ancha dovdirashdi, shu boisdan ko‘p hollarda to‘pni yo‘qotishdi, shu tufayli hatto bir vaziyatda juda qulay imkoniyatdan gol ura olishmadi. Vaholanki, Qozog‘iston termasi Belgiya posboni Kurtua darvozasini ishg‘ol etishi ham mumkin edi. Bu esa qit’adoshlarimiz uchun bir maktab, agar to‘g‘ri ishlansa, bugungi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqariladi, xatolar to‘g‘rilanadi va agar yana Belgiya bilan to‘qnash kelsa, Qozog‘iston uchun Azar va uning jamoadoshlari “odatiy raqib” sifatida qabul qilinadi.

Qozog‘iston terma jamoasi har doim Yevropa grandlariga qarshi o‘ynaydi, goh jahon chempionatiga chiqish uchun, goh Yevropa chempionatiga. Bu esa kattagina maktab, lekin...

SALBIY TOMONI

Qozog‘iston UYEFAga qo‘shilib, faqat bitta imkonni qo‘ldan boy berdi: jahon chempionatiga chiqish. Agar qandaydir sensasiya ro‘y bermasa, vaziyatga real yondashadigan bo‘lsak, qozoqlarning jahon chempionatiga chiqish imkoni juda-juda kam. Chunki raqiblar orasida har doim Yevropaning kamida ikkita kuchli jamoasi bo‘ladi.  

Jahon chempionatiga chiqishdan maqsad — Yevropaning grand jamoalariga qarshi o‘ynash emas, mundialda ishtirok etish.  Raqibning farqi yo‘q, jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lishning o‘zi katta baxt, yutuq. Shuning uchun garchi Qozog‘iston kabi Yevropa grandlariga qarshi o‘ynamasak-da, Osiyo termalariga qarshi to‘p surib, jahon chempionatiga chiqsak, shunisi muhim. Bu tomondan biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Maqsadga erishishning yo‘llari ko‘p. Agar gap maqsadga erishish haqida ketsa, biz tanlagan yo‘l Qozog‘istonnikidan yaxshiroq. Qolaversa, qit’adoshlarimiz tajriba to‘plashgani bilan, baribir, bu tajriba yaqin orada mundial eshiklarini ochish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bizda esa Osiyo termalarini mag‘lub etib, mundialga chiqish imkoni bor. Har holda Qozog‘istonning Belgiyani yutishidan ko‘ra O‘zbekiston MTJning Avstraliya yoki Janubiy Koreyani yutishi mantiqqa yaqinroq.

UMUMIY XULOSA

Qozog‘istonning UYEFAga qo‘shilishini oqlash yoki qoralash bunga qay tomondan qarashga bog‘liq. Hozircha taqqoslaganda ularning vaziyati yaxshi, qachonki bizning terma mundialga chiqsa, ana shunda bizning yo‘limiz o‘zini oqlagan bo‘ladi. Ungacha esa bu borada yakdil xulosa chiqarishdan yiroqmiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:25, 13.10.2019.
O'qildi: 8518 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.