Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«O‘zbekiston MTJ Singapurni yirik hisobda taslim etdi»

«O‘zbekiston MTJ Singapurni yirik hisobda taslim etdi»

Baho:
+ | -

Sanoqli soatlardan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga saralash doirasiga Singapurga qarshi maydonga tushadi. Yamanga qarshi o‘yindagi yirik hisobdagi g‘alabadan keyin bugungi o‘yindan ham ko‘p narsa kutayotganimiz bor gap.

VAZIFA MUSHKUL EMAS

Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonish, aslida, mushkul ish emas. Singapur bilan bundan oldin ikki marta uchrashganmiz va ikkalasida ham zafar quchganmiz. Sakkizta gol urib, 3 ta to‘p olib chiqqanmiz. Ikkita o‘yinda sakkizta gol — Singapur darvozasiga bemalol qatorlashtirib gol ura olishimizning isbotidir. Aslida ham, Vadim Abramovning avvalgi boshqaruvidagi terma jamoa Singapurni bemalol mag‘lub eta olardi. Faqat keyinchalik, o‘sha Samvel Babayan kelganidan keyin futbolimiz ortga ketdi. Nihoyat, Abramov qaytdi va umid qilamizki, terma jamoani kamida avvalgi darajasiga olib chiqadi. Buning uchun esa bugun Singapurni hech bir qiyinchiliksiz mag‘lub etish kerak.

Dastlabki vazifa — tezkor gol urish. Ana shunda xuddi Yaman bilan bo‘lgan o‘yindagi kabi raqib ochilishga majbur bo‘ladi va bizda yana imkoniyatlar tug‘iladi.

Ikkinchi vazifa — pressing. Zamonaviy futbolda pressing ko‘p narsani hal qilib beradi. Raqibning to‘p bilan ko‘p muomala qila omasligini, eng muhimi, qo‘pol  xatolarga yo‘l qo‘yilishini ta’minlaydi. Faqat buning uchun futbolchilarimizdan aniqlik va tezkorlik talab qilinadi.

Uchinchi vazifa — tartibli futbol. Kecha Portugaliyani mag‘lub etgan Ukrainaning o‘yinini ko‘rgandirsiz. Terma jamoamizdan ham ana shunga o‘xshash chiroyli va tartibli futbol talab etiladi. To‘pni bir-biriga uzatishda aniqlikka amal qilish, huda-behudaga to‘pni yo‘qotmaslik zarur. Hujumga tezkorlik bilan o‘tish ham raqibni dovdiratib qo‘yadi, ham ochiq zonalar paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

Qolaversa, himoyadan chiqishda tavakkal qilmaslik juda muhim. To‘pni darvozabonga xavfli holatda qaytarmaslik, raqib futbolchilarini aldashga urinmaslik, oxirigacha to‘p uchun kurashish talab qilinadi.

Qolaversa, bir marta samara bermagan usulga qayta-qayta murojaat qilish to‘g‘ri emas. Masalan, bordi-yu ikkinchi qavatda raqib bizdan ustunlik qilaversa, raqib jarima maydoniga kirishning boshqa yo‘llaridan foydalanish lozim. Birda bo‘lmasa birda o‘xshab qoladi, deb qanotdan raqib jarima maydoniga keraksiz uzatmalarni amalga oshiraverish vaqtni boy berishdan boshqa narsa emas, qolaversa, bekorga kuch sarflash va imkoniyatdan mahrum bo‘lish deganidir.

Xulosa qilib aytganda, bugun Abramov taktikani o‘zgartirmaydi. Yamanga qarshi taktika Singapurga qarshi o‘yinda ham o‘zini oqlashi mumkin garchi raqib bu taktikaga qarshi chora ko‘rgan taqdirda ham. Tarkibda ham katta o‘zgarish yo‘q. Futbolchilardan esa yana yuqori kayfiyat, ishtiyoq talab qilinadi, xolos! Janob Abramov, umid qilamizki, futbolchilarga Singapurni bemalol yenga olishimizni uqtirgansiz, bugungi raqib biz mag‘lub etishimiz shart bo‘lgan raqib, yutsak, quvonib ketadigan raqib emas. Bugungi missiya ijobiya yakun topishiga ishonamiz. Ishonamizki, o‘yindan keyin maqola sarlavhasidagi qo‘shtirnoqlarni olib tashlaymiz.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:26, 15.10.2019.
O'qildi: 11079 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.