Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

JCH-2022: O‘zbekiston guruh peshqadamiga aylandi

JCH-2022: O‘zbekiston guruh peshqadamiga aylandi

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu safar jamoamiz Singapurni mag‘lub etdi.

Birinchi bo‘lim
Yamanga qarshi o‘yin bilan solishtirganda, Abramov asosiy tarkibda bitta o‘zgarishni amalga oshirdi: Iskanderov o‘rniga bu safar Odil Ahmedov maydonga tushirildi.

Aynan jamoamiz sardori bahsning 15-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qodirqulov faol harakatlari orqali raqib jarima maydoniga kirmoqchi bo‘lganida, himoyachi uni yiqitdi. Belgilangan jarima zarbasini Odil shunday amalga oshirdiki, Qatar (o‘rtoqlik o‘yini) va Ummon (Osiyo kubogi-2019) darvozalariga bo‘lgani kabi olis burchakdan o‘rin oldi.

Shundan so‘ng Singapur hujumga o‘ta boshlashi oqibatida vakillarimizda qarshi hujumda imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Alijonovning uzatmasidan keyin Shomurodov darvoza tomon zarba berdi. To‘p esa ustun yonidan o‘tib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan yana Alijonov o‘ng qanotdan chiroyli uzatma bilan to‘pni Hamdamovning boshiga "qo‘ndirdi", ammo Dostonning zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi.

Aynan bosh bilan zarba berishda mezbonlar aniq harakat qilishdi. Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda baland bo‘yli Ixsan Fandi qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozaga joylab qo‘ydi. Eldor Suyunov to‘pga tashlandi, ammo uni qaytara olmadi.

Shu tariqa, birinchi bo‘limdan so‘ng kamida 2ta to‘p farqi bilan oldinda borishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi tanaffusga durang bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘lim
Ikkinchi taymning debyuti terma jamoamiz uchun muvaffiyatli chiqdi. Sayfiyev chap qanotdan ajoyib uzatma berdi va Shomurodov himoyachilardan ildamroq harakat qilib, baland sakragancha darvozani ishg‘ol qildi. Eldor ko‘p o‘tmay o‘z dublini rasmiylashtirishi mumkin edi. Uchrashuvning 69-daqiqasida "Rostov" futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, kuchli zarba berdi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi.

Shunga qaramay, Shomurodov o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdi. Zaxiradan maydonga maydonga tushgan Ikrom Aliboyev terma jamoamizning qarshi hujumi paytida aniq uzatma bilan Eldorni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchi esa darvozabonni aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasiz o‘z ochkolarini 6taga yetkazib, "D" guruhida peshqadamga aylandi.

JCH-2022 saralash. "D" guruhi, 4-tur
Singapur, Singapore Sports Hub Stadium. 16:45
SINGAPUR - O‘ZBEKISTON 1:3 (1:1)
Gollar: Ixsan Fandi (45+1) — Odil Ahmedov (15), Eldor Shomurodov (51, 90+2)
Ogohlantirishlar: Shaval Anvar (31) — Jaloliddin Masharipov (57)
Singapur: 01.Izvan bin Mahbud, 08.SHahdan Sulaymon, 09.Ixsan Fandi (Gabriyel Kuak 69), 11.Muhammad bin Ahmad, 13.Hafiz Nor, 14.Hariss Harun (S), 16.Hami Syahin, 17.Irfan Fandi Ahmad, 20.SHaval Anvar, 21.Safuvan bin Baharuddin, 23.Zulfahmi bin Arifin (Irvan Shah Arismayl 81)
O‘zbekiston: 01.Eldor Suyunov, 04.Farrux Sayfiyev, 05.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 03.Hojiakbar Alijonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 09.Odil Ahmedov (S), 10.Jaloliddin Masharipov (Sardor Mirzayev 70), 07.Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev 52), 17.Doston Hamdamov (Igor Sergeev 90+2), 14.Eldor Shomurodov.

Jamoa O‘  G‘   D  M  T - N Ochko
1 O‘zbekiston 3 2 0 1 8-3 6
2 Saudiya Arabistoni 2 1 1 0 5-2 4
3 Singapur 4 1 1 2 5-9 4
4 Falastin 2 1 0 1 3-2 3
5 Yaman 3 0 2 1 4-9 2

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:35, 15.10.2019.
O'qildi: 15758 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик