Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

G‘alaba! Xayriyat! Ammo...

G‘alaba! Xayriyat! Ammo...

Baho:
+-1 | -

Nihoyat, biz intiqib kutgan o‘yin ham yakunlandi. Terma jamoamiz yangi murabbiyi bilan ketma-ket ikkinchi rasmiy o‘yinda zafar quchdi. Singapurni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdik.

IJOBIY JIHATLARI

Bugungi o‘yin ham ko‘plab xulosalar chiqarishimizga sabab bo‘ldi. Avvalo, Vadim Abramovning murabbiylik imzosi, salohiyati sezildi. Ya’ni birinchi o‘yinda maydonga tushmagan Odil Ahmedovni ikkinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tashladi. Chunki mantiq oddiy: Singapur Yamandan kuchliroq, demak, tajribaliroq, o‘yinni boshqara oladigan futbolchi kerak edi. Odil bu ishni qoyillatdi.

Avvalo, vaqtliroq urilgan gol ishimizni osonlashtirdi. Ahmedovning tajribasi evaziga jarima zarbasidan kiritilgan gol raqibni ochilishga majbur etdi. Ta’kidlash kerakki, Eldor kamida uchta yaqqol vaziyatdan foydalana bilmadi, aks holda hisob yirik ko‘rinish olardi. Lekin hujumchimizni kechirsa arziydi, shundog‘am ikkita gol urdi u. Ha, Yevropa futbolining havosi sezilyapti Eldorda.

Bizni quvontirgan jihati, tanaffusda Vadim Abramov shogirdlarga kerakli ko‘rsatmalarni bera oldi. Negaki ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik. Tajovuzkorroq o‘ynadik. Shu o‘rinda Abramov shogirdlariga biroz ehtiyotkorroq, jarohatdan himoyalanibroq o‘ynashni topshirgandek tuyildi. Axir oldinda bizni Saudiya Arabistoni bilan murakkab o‘yin kutib turibdi. Abramov arablarning kuchini yaxshi biladi.

Abramov kelganidan keyin terma jamoamizda noodatiy harakatlar sezila boshladi. Futbolchilarimiz ijrosida kutilmagan to‘p uzatishlari, noodatiy zarbalarni ko‘ryapmiz. Ayniqsa, Eldorning ikkinchi golida Ikrom Aliboyevning uzatmasi shunchaki shedevr bo‘ldi. Bu ham ijobiy holat.

SALBIY TOMONLARI

Futbolchilarimiz birinchi bo‘limda gol urganidan keyin ancha sustlashib qolishdi. Buni birinchi bo‘limdan keyin yozgan maqolamizda ham aytib o‘tdik. Toki tanaffusga qadar davom etgan sustkashlikdan raqib foydalandi va gol urib ketdi. Ammo ikkinchi bo‘limda hammasi joyiga tushdi.

Kamchiliklar ko‘p. Birinchisi — futbolchilarimiz charchagandek ko‘rindi, jismoniy holati u qadar yaxshi emas. Ko‘p bora to‘pni sekin uzatish natijasida raqibga oldirib qo‘ydik. Demakki, jismoniy holat bo‘yicha javobgar murabbiy yaxshiroq ishlashi lozim.

Ikkinchisi — sovuqqonlik yetishmayapti. Xususan, Jaloliddin Masharipovning harakatlarida qandaydir qat’iyatsizlik sezilyapti. Zarba berish kerak bo‘lgan paytda uzatadi, uzatish kerak bo‘lgan paytda esa besamar harakatlar. Bu holat bitta Masharipovda emas, boshqalarda ham sezildi. Abramov futbolchilardagi ana shu ikkilanishni, beqarorlikni bartaraf etishi lozim.

Uchinsisi — tezkorlikning yetishmasligi. Futbolchilarimiz hujumga o‘tgan paytda to‘pni oldirganda ortga qaytishda tezkorlik yetishmaydi. Bugun sal qolsa Singapur ana shu kamchiligimiz uchun jazolardi. Xayriyatki, hammasi ijobiy yakun topdi. Ammo Saudiya Arabistoni termasi bunday xatolarni kechirmaydi. Arablar tezkor futbolni xush ko‘radi, hozirgi himoyamiz esa bu borada juda qiynalishi tabiiy. Shu bois yo qarshi hujum paytida ortga qaytishga ulgurish kerak, yoki biznikilar hujumga o‘tayotganda orqada kamida uchta futbolchi qolishi lozim (ayniqsa, Saudiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda).

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik, Abramovning taktikasi, Abramovcha futbol yana o‘z samarasini beryapti. Murabbiy futbolchilarni ruhlantira olyaptimi, o‘yin sustlashgan paytda uni kuchaytira olyaptimi, demak, u o‘zi uchun kerakli xislatga ega, demak, futbolchilar va murabbiy o‘rtasida yaxshi kontakt bor. Bu esa futbol uchun juda muhim. Aynan ana shu kontakning o‘rnatilmaganligi Kuperning iste’fosiga sabab bo‘lgani bor gap.

Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan oldin Abramov yuqoridagi va biz e’tibordan chetda qoldirgan boshqa kamchiliklarni bartaraf etishi lozim. Chunki biz 3:1 hisobida mag‘lub etgan raqibni Saudiya 3:0 hisobida yenggan. Bu bilan raqib o‘ta kuchli demoqchi emasmiz, yo‘q. Saudiya Arabistoni — biz uchun chaqilgan yong‘oq. Bu termani mag‘lub etganmiz, ilgari kerak bo‘lsa O‘zbekistondan quyida yurardi bu terma. Shu boisdan qo‘rqmasdan, mas’uliyat bilan tayyorlanish kerak. Umid qilamizki, Abramov bu safar ham kerakli tarkib va taktikani topa oladi. Olg‘a, “oq bo‘rilar”.

 Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:59, 15.10.2019.
O'qildi: 18107 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.