Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Yaqindagina faoliyatini tugatgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoa

Yaqindagina faoliyatini tugatgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Har mavsumda futbol olamine bir nechta kuchli futbolchilar tark etishi odatiy xol, lekin bu mavsumda ushbu ko‘rsatgich ana oshib ketdi. Bugun katta futbolni yaqinda tark etgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoani havola etamiz.
Darvozabon

Petr Chex

«Chelsi» klubining yangi asrdagi chinakam yuzi sananaladigan darvozabon uzoq vaqt mobaynida dunyoda London klubining ishingan tog‘I sifatida faoliyat olib bordi. Qahramonimiz «Chels» bilan 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Arsenal» safida yana 4 ta kubok yutib oldi. Shuningdek, 228 ta uchrashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini salqab qolib, yangi record o‘rnatdi. Yil boshidan afsonaviy darvozabon o‘z faoliyatini yakunladi va hozirda Angiliyaning 2-dvizionidag kurash olib borayotgan Hokkey jamoasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Patris Evra

O‘zining eng «gullagan» davrlarini «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan Evra keyinchalik «Yuventus»da o‘z faoliyatini davom ettirdi. Bu orada «Marsel»dagi janjallardan so‘ng, yana APL da to‘p surishga urunib ko‘rdi, biroq kariyerasini o‘nglab olishni uddalay olmadi. Hammasindan charchagan Evra shu yilning Iyuk oyida o‘z faoliyatini yakunlagani borasida rasman e’lon qildi. O‘z faoliyati davomida 15 dan ortiq musobaqalarda g‘olib chiqqan fransuz endilikda murabbiylik kurslarida o‘qimoqda.

Bardzali

Uzoq vaqt mobaynida ko‘plab klublarda to‘p surgan qahramonimiz «Palermo» safidagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng, terma jamoadan chaqiruv oldi va o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi. Mundial g‘olibligidan so‘ng, «Volsburg»ga o‘tgan Barzagli Bundesligada g‘olib chiqadi va «Yuventus» safiga yulduz sifatida borib qo‘shiladi. «Keksa Seniora» safida 38 yoshgacha to‘p surgan himoyachi yangi mavsumdan oldin o‘z faoliyatini yakunladi. Hozirda uning futbolkasi «Yuventu» muzeyida saqlanmoqda.

Eshli Koul

Angiliya futbolining tirik afsonaladiran biri sanaladigan Eshli uzoq vaqt mobaynida yuqori darajada o‘yin namoyish etib keldi va ushbu yozda o‘t faoliatiga nuqta qo‘ydi. Klublar miqoyosidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan Koul hozirda futboldan dam olmoqda.

Xavi

1999-yilda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda g‘olib chiqqan Xavining kelajagi porloq ekanligiga hech kim shubha qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Keyinchalik Messi va Inyesta bilan birgalikda futbolda yangi davrni boshlab berdi. Shuningdek Xavi futbolchi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqishni uddalagan kam sonli futbolchilardan biri. Xavi o‘zining so‘nggi uchrashuvini shu yilning may oyida o‘tkazdi va «AL-Saad» jamoasining murabbiyiga aylandi.

Bastian Shvaynshtayger

Germaniya terma jamoasi va «Bavariya» jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘lab muxlislar ortirgan Bastianning faoliyati yorqin o‘tdi. Qahramonimiz deyarli barcha musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan  bo‘lsada, jarohatlar tufayli o‘zi istagan darajada uzoq to‘p sura olmadi. Shu yilning Oktyabr oyida futboldan ketgan Shvayni o‘zini to‘liq oilasi uchun bag‘ishladi.

Uesli Sneyder

O‘z faoliyati davomida doimmo top klublarda to‘p surgan gollandning kuchli zarbalarini hech kim unutganicha yo‘q. «Inter», «Galatasaray» jamoalaridagi ajoyib mavsumlar futbolchiga katta mashxurlik olib keldi. O‘zining so‘nggi mavsumini Qatarning «AL-Garafa» jamoasida o‘tkazgan golland avgust oyida o‘z faoliyatini tugatdi. Hozirda qahramonimiz o‘z klubiga asos solish bilan ovvora.

Ariyen Robben

Gollandiya futbolining tirik afsonasi «Bavariya»Dagi ajoyib 10 yildan so‘ng, boshqa klubda to‘p surishni istamadi va hammasiga aynan Myunhenda nuqta qo‘ydi. Hozirda futbolchi oilasi davrasida dam olmoqda. Shunday bo‘lsada, kelajakda murabbiylik faoliyatini boshlashni reja qilayotganini yashirib o‘tirmayapti.

Fernando Torres

«El nino» uzoq vaqt mobaynida dunyoning eng kuchli hujumchisi bo‘lib turgan bo‘lsada, «Chelsi»ga o‘tish uning rejalarini butunlay barbod qilib yubordi. Keyinchalik, «Milan» va «Atletiko Madrid»da hammasini o‘z o‘rniga qo‘yishga urunib ko‘rgan Torres avvalgi darajasiga chiqa olmadi. O‘z faoliyatidagi so‘nggi mavsumni Yaponiyada o‘tkazgan Fernando Iyun oyida hammasiga nuqta qo‘ydi.

Samuel Eto'o

38 yoshida ham ajoyib o‘yin namoyish etishnu uddalagan kamerunlik futbolchi chinakam omadlilar qatorida desak, adashmagan bo‘lamiz. Samuel o‘z faliyati davomida ajoyib klublarda to‘p surdi va juda katta mablag‘ ishlab oldi. Hozirda murabbiylik kurslaria tahsil olayotgan qahramonimiz o‘zini bolalar futboliga bag‘ishlamoqchi.

Robin van Persi

Uchar golland uchun bu mavsum so‘nggisi bo‘lganidan xabaringiz bor. Tug‘ma to‘purar o‘z faoliyati davomida «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Fenerbahche» sinari klublarda to‘p surgan bo‘lsada, o‘z faoliyatini «Feynord»da yakunladi. Hammasi shu yerda boshlangan edi vas hu yerda o‘z yakuniga yetdi.shu yilning may oyida futboldan ketgan Robin o‘zini biznesda sinab ko‘rmoqchi. Nima ham derdik, uning kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:37, 26.10.2019.
O'qildi: 7929 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.