Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Kafu farzandining o‘limi haqida ilk bora gapirdi

Kafu farzandining o‘limi haqida ilk bora gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Braziliya terma jamoasi safida ikki karra Jahon chempioni bo‘lgan Kafu farzandining o‘limi haqida birinchi marta so‘zlab berdi. Uning 29 yoshli o‘g‘li Danilo 4 sentyabr kuni yurak hurujidan so‘ng vafot etgandi.

— Bizning do‘stlarimiz bilan 5 sentyabr kuni futbol o‘ynimiz bor edi. Biroq, o‘sha o‘yinni bir kun avvalga surdik, sababi AQSHga xizmati safarimiz bor edi. Men va Danilo bitta jamoada to‘p surar edik. Birinchi bo‘lim yakunlanganidan so‘ng tanaffus paytida u maydondan chiqib ketdi, men bo‘lsa o‘ynashni davom ettirdim.  Oradan uch daqiqa o‘tgach menga shovqin eshitildi. Qiziqqonligim sabab shovqinni ko‘rish uchun bordim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, farzandim yurak hurujidan dabr ko‘rayotgan edi... Baqirishni boshladim, chunki uning yuragidagi muammo haqida bilardim, —Kafuning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Veja jurnali.

— Biz kasalxonaga kelganimizda shifokor men bilan alohida suhbatlashmoqchi ekanligini haqida gapirdi. Men doktorga hech narsa haqida gapirmasligini so‘radim, chunki, o‘g‘lim hech narsani sezmayotgan edi. Men Xudodan farzandimni jonini olmasligini so‘radim, biroq... farzandim hayotdan ko‘z yumgandi.

— Farzandning dafn etish marosimi sizning hayotingizdagi barcha narsalardan farq qilar ekan. Har besh kunda men uning qabrini ziyorat qilaman. Uning xonasiga kirishga haliyam o‘zimda kuch topa olmayman. O‘g‘limning vafotidan so‘ng maydonga umuman qaytmadim. Farzandning tobutiga qarash... buni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Men doim yig‘layman. Do‘stlarimga qo‘ng‘iroq qilib ham yig‘layman, ular meni to‘g‘ri tushunishadi va jim turishadi. Yig‘i meni tinchlantiradi. Qaysi futbolchi bilan qaysi klubda o‘ynagan bo‘lsam barchasi hamdardlik bildirdi. Dafn marosimidan so‘ng bir necha kun telefonimni o‘chirmadim, telefonimga 5 mingtadan ortiqroq xabarlar keldi, — deya qo‘shimcha qildi Kafu.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli Kafu 1994, 1998, 2002 va 2006 yillardagi Jahon chempionatida o‘ynagan. 1994 va 2002 yilgi JCHda g‘olib chiqqan. 

Kiritildi: 14:50, 02.11.2019.
O'qildi: 6355 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.