Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Qirg‘iziston futbol federasiyasi delegasiyasi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Qirg‘iziston futbol federasiyasi delegasiyasi «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Qirg‘izistonga qarshi maydonga chiqadi. Ikki kun avval poytaxtimizga yetib kelgan mehmonlar delegasiyasining rasmiylari bugun «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi.

Qirg‘iziston Respublikasi futbol federasiyasi prezidenti Kanat Mamatov, vise-prezident, bir vaqtning o‘zida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Dostonbek Qo‘noqboyev boshchiligidagi delegasiya a’zolarini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shoabdurahmonov Rustam Mavzurovich, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, «Bunyodkor» futbol klubi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mirzayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Mehmonlar dastlab «Bunyodkor» stadionini ko‘zdan kechirdi. «Bunyodkor» stadioni direktori Vohid Zokirov mehmonlarni o‘yingohimizdagi sharoitlar, muxlislar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng mehmonlar «Bunyodkor» akademiyasiga tashrib buyurib, tarbiyalanuvchilarimiz istiqomat qilayotgan yotoqxonalar, oshxona, tibbiyot xonasi, ochiq va yopiq mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirishdi. Akademiya direktori Vadim Shodimatov va direktor o‘rinbosari Bahodir Mahkamov sharoitlar bilan tanishtirar ekan, mehmonlar bunday imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish lozimligini ta’kidladi. Zero, bunday sharoitga ega akademiya hamma joyda ham topilavermaydi, deya akademiyamiz haqida iliq fikrlar bildirildi.

Tashrif yakunida tomonlar o‘smirlar, yoshlar terma jamoalari o‘rtasida xalqaro maqomdagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish borasida kelishuvga erishishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 19:41, 09.11.2019.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.