Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin...

Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin...

Baho:
+1 | -

Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin...

Qismat shunday: ba’zan kosang moyga to‘lar,

Ba’zan esa o‘ylaganing o‘xshamaydi.

Muhimi shu, hayotda ne bo‘lsa bo‘lar,

Vaqt millari chiqillashdan to‘xtamaydi.

 

Balki, ko‘p bor qo‘lga tushmas o‘ljalari,

Asl ovchi ne bo‘lsa ham qaytmas ovdan.

Boshi toshu devorlarga tekkan sari,

Asl ovchi shakllanar Abramovdan.

 

Tasodifga to‘ladir bu dunyo, biling,

Bugun yig‘lar yuzga erta balqar kulgu.

Abramovni tavakkalchi deymiz, lekin,

Bu hayotning asli o‘zi tavakkal-ku.

 

Rostin ayting, kecha bizning 11 o‘g‘lon,

Raqiblarni xavotirga qo‘ymadimi?

Yoki mag‘lub bo‘lgan o‘sha yigitlardan

Birortasi jon kuydirmay o‘ynadimi?

 

Odil deymiz, Jalol deymiz, yo boshqasi

Raqiblarga yutqazay deb o‘ynamaydi.

Ota — Vatan, ona — Vatan, farzand — Vatan,

Hech kim atay jigarini qiynamaydi.

 

Yigitlarning yuragiga tushdi bir yuk,

Biznikidan ming hissadir chekar dardi.

Agar Alloh mag‘lubiyat bitgan bo‘lsa,

Kecha zo‘rdan zo‘rlari ham yutqazardi.

 

Abramov va kecha o‘ynab yutqazganlar,

So‘kinishmas, daldamizga muhtoj hozir.

Hali ular qozonadir ko‘plab zafar,

Bizning terma — asli ko‘p narsaga qodir.

 

Yetar endi, qalbimizni tark etsin g‘am,

Umidsizlik hislarini o‘ldiraylik.

Bardam bo‘ling va keyingi o‘yinda ham,

Stadionni kechagidek to‘ldiraylik.

 

Bu gaplarim balki yoqar, yoqmas kimga,

Biz har doim ishonamiz Abramovga.

 

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:40, 15.11.2019.
O'qildi: 7751 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик