Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Ikki nafar dzyudochimiz Osaka katta dubulg‘a turnirida sovrindor bo‘ldi

Ikki nafar dzyudochimiz Osaka katta dubulg‘a turnirida sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Osaka shahrida dzyudo bo‘yicha katta dubulg‘a tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Tokio Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqada vakillarimiz ham munosib ishtirok etishdi. Jumladan, bugun bo‘lib o‘tgan og‘ir vaznli polvonlari bahsida hamyurtlarimiz 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

-90 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov Olimpiada reytingi uchun 700 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi. Bobonov final yo‘lida 2015 yilgi jahon chempioni janubiy koreyalik Dongxan Gvak, amaldagi chempion gollandiyalik Noel Vent End kabi dzyudochilarni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Afsuski, vakilimiz oltin medal uchun kechgan kurashda gruziyalik Beka Gviniashviliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

+100 kilogramm vazn toifasida Alisher Yusupov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Yusupov bronza medali uchun kurashda musobaqa mezbonlaridan biri Daigo Kagavadan ustun keldi. Ta’kidlash joiz, bu Bobonov va Yusupov uchun faoliyatida katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musobaqalardagi dastlabki medal bo‘ldi.

Afsuski, boshqa bir vakilimiz Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichida yaponiyalik Kentaro Iidaga mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shubhasiz, 10 ta oltin, 8 ta kumush va 15 ta bronza medallarini jamg‘argan Yaponiya terma jamoasi esa bu borada barcha ishtirokchilarni katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:58, 24.11.2019.
O'qildi: 2502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.