Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Achinarli mag‘lubiyatlar

Achinarli mag‘lubiyatlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyatlar doimo yonma-yon bo‘lishi hech kimga sir emas. Futbolning asl jozibasi ham shundadir balki. Shunga qaramasdan ayrim mag‘lubiyatlar borki, yodingizga tushganida ko‘nglingiz biroz hijil bo‘ladi. Bugun ana shunday mag‘lubiyatlar haqida qisqacha

«Stok Siti» 6 : 1 «Liverpul»

2015-yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Brenden Rojers boshchiligidagi «Liverpul» yaqqol fovorit sanalgan bo‘lsada, juda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraydi va ko‘plab mutaxassislarni hayratda qoldiradi. Eng qizig‘I shundaki, aynan o‘sha uchrashuv Stiven Jerrard uchun «qizillar» safidagi so‘nggisi sanalar, muxlislar o‘z kumirlari bilan xayrlashishi maqsadidia «Stok» maydoniga tashrif buyurishadi.

Kutilmaganda, hisob yiriklashib ketgach «Stok Siti» futbolchilari Stivga gol urish uchun imkoniyat yaratib bergani taxsinga sazovor. «Liverpul» o‘z tarixidagi eng kuchli futbolchilaridan birini hokkeyda ham kam uchraydigan yirik mag‘lubiyat bilan kuzatib qo‘ygani ko‘plab yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.

Germaniya 1 : 5 Angliya

Bu terma jamoalar deyarli bir asrdan beri prinsipal raqiblar sanalishadi. 2002- yilda qit’amizda bo‘lib o‘tgan mundial uchun saralashda to‘qnash kelgan grandlar guruhdagi birinchi o‘rin uchun ayovsiz kurash olib borishadi.

Saralash yakuniga 2 tur qolgan, Germaniya guruhda etakchilik qilar, bir qarashda birinchi o‘rinni naqd qilgandek his uyg‘otar, ammo inglizlar hammasini chippakka chiqarishni uddalashganini e’tirof etish joiz.

 Myunxenda bo‘lgan uchrashuvda tezkor gol urib hisobda oldinga chiqib olgan «nemis mashinasi» g‘alabani cho‘ntakda deb hisoblay boshladimi yoki boshqa sababmi o‘yin davomidao‘z darvozasidan naqd 5 ta gol olib chiqishga majbur bo‘ladi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng nemislar JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish huquqini yo‘qotishadi va o‘tish uchrashuvlari orqali mundialga yo‘l olishadi. Keyinchalik,Germaniya OAV Angliyadan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni nemis futboli tarixidagi eng sharmandali va alamli mag‘lubiyat deya e’tirof etganidan habaringiz bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat, Germaniya terma jamoasining o‘z uyida bunday yirik hisobda avval ham keyin  ham engilganini hech kim eslay olmasa kerak.

“Manchester Yunayted 8 : 2 «Arsenal»

 

APL o‘zining shiddatli va murosasiz bahslari bilan millionlab muxlislar e’tibor markazida turishi hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, 2010-2011-yilgi mavsumda bo‘lib o‘tgan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari to‘qnashuvi APL ga hos bo‘lmagan natija bilan yakunlangan edi. Ikki azaliy raqiblar to‘qnashuvikutilmaganda «Qizil iblislarning» 8 : 2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan, va ko‘plabrekordlarning yangilanishiga sabab bo‘lgan edi.Aynan o‘sha mag‘lubiyat Arsen Vengerning kursisini qattiq silkitib yuboradi. Ushbu mag‘lubiyat Vengerning davri tugaganini bildiruvchi qo‘ng‘iroqdek uzoq vaqt APLda muhokama qilindi, biroq klub o‘z murabbiyiga ishonishda davom etadi

Braziliya 1 : 7 Germaniya

2014-yildagi mundial deganda ko‘pchilkning hayoliga aynan shu uchrashuv kelishi aniq. «Pentakampion»larning yarim finalda Germaniyadan qabul qilib olgan mag‘lubiyati mezbonlar uchun butun boshli   «millat fojeasi»ga aylanib ketgan edi. 

O‘sha alamlimag‘lubiyatdan so‘ng futbol qiroli Pele: «Braziliya futboli hali hech qachon bu qadar ojiz qolmagan.»,-degani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq.

3-o‘rin uchun bo‘lgan bahsda ham engilgan «salesao» futbolchilari va butun Braziliya og‘ir ahvolga tushib qoladi… To‘g‘ri, 2016-yildagi Olimpiyada g‘olibligi muxlislarni biroz ruhlantirdi, ammo Germaniyaga boy berilgan uchrashuv yomon tushdek odamlarxotiralasida abadiy qolajak.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:21, 12.12.2019.
O'qildi: 8435 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик