Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Navbahor»ga qaysi legionerlar tashrif buyurishadi?

«Navbahor»ga qaysi legionerlar tashrif buyurishadi?

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” jamoasi 2020 yilgi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ymoqda, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilmoqda. Shu bois, klub rahbariyati, jumladan, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov mamlakatimizning bir qator mahoratli va tajribali futbolchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu muzokaralar ijobiy yakunlanib, birorta o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadigan bo‘lsa, birinchi bo‘lib, klubimizning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lumot beramiz.

Xabar berganimizdek, bugun 22 yoshli mahoratli yarim himoyachi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi va 2020 yili “lochinlar” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Mahalliy futbolchilar bilan birgalikda shuningdek, bir qator mahoratli hamda tajribali legionerlarni ham tarkibga jalb etish rejalashtirilmoqda.

“Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan  boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi legionerlar jalb etilishdi:

Rossiyadan - David Dzaxov (1988 yil 6 oktyabrda tug‘ilgan,yarim himoyachi).

Dzaxovich rasmi 1

Niderlandiyadan 3 nafar futbolchi – Gregori Jarreld Martlales (1988 yil, 31 yanvarda tug‘ilgan), Georgi Dilan Osazi (1998 yil, 27 iyunda tug‘ilgan) hamda Isitir Ozan (barchasi - hujumchi).

Misrdan 2 nafar futbolchi – Mahmud Abdulvohid Abbos Hassan (1993 yil, 17 oktyabrda tug‘ilgan, hujumchi) va Mustafo Mahmud Muhammad Salim (1989 yil, 17 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Xorvatiyadan -  Vilim Posinkovich (1991 yil, 10 yanvarda tug‘ilgan, hujumchi).

Posinkovich rasmi 1

Bosniya va Gersegovinadan – Ismar Xayrlanovich (1996 yil, 4 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Portugaliyadan – Karrela Oliveyra Rikardo (yarim himoyachi).

Ispaniyadan – Martinez Trueba Ignasio (1990 yil 11 aprelda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Serbiyadan 2 nafar – Aleksa Andrejik (1992 yil, 13 sentyabrda tug‘ilgan, yarim himoyachi) hamda Marko Rajkovich (1992 yil 13 noyabrda tug‘ilgan, hujumchi).

Demak, “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig‘iniga 12 nafar xorijlik futbolchilar jalb etilishgan. Ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori.

Mazkur legionerlardan qaysi biri jamoamiz murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa,  o‘sha xorijlik o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

Shundan so‘ng, biz klubimiz rasmi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘sha legioner to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.           

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:28, 27.12.2019.
O'qildi: 7200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик