Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Surxon» to‘purari «Lokomotiv» bilan xorij yig‘iniga uchib ketdi

«Surxon» to‘purari «Lokomotiv» bilan xorij yig‘iniga uchib ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsum “Loko” uchun birmuncha erta boshlanadi. “Temiryo‘lchilar” 21-yanvar kuni OCHL pley-off bosqichi doirasida Tojikiston chempioni “Istiqlol”ni qabul qilishadi.

Osiyo chempionlar ligasi, umuman yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoa bugun BAA poyxati Abu Dabiga yo‘l olyapti. 3-yanvardan boshlanadigan yig‘in 15-yanvarga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida “temiryo‘lchilar” ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi.

O‘rtoqlik o‘yinlari Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” hamda Xitoyning “Jiangsu Suning” klublariga qarshi bo‘lib o‘tadi.

“Lokomotiv”ning xorij yig‘iniga yo‘l olayotgan tarkibi:

Darvozabonlar - Ignatiy Nesterov, Javohir Ilyosov, Rustam Nartajiyev.

Himoyachilar - Oleg Zoteev, Davron Hoshimov, Farrux Ibrohimov, Shuhrat Muhammadiyev, Jaloliddin Jumaboyev, Dilshod Komilov.

Yarim himoyachilar - Jamshid Iskanderov, Avazbek O‘lmasaliyev, Diyor Turopov, Sardor Mirzayev, Kaxi Maxaradze, Javohir Alijonov, Kamron Saidazimov, Bek Abdullayev, Davron Umirov, Sarvar Shoahmedov.

Hujumchilar - Asadbek Ergashev, Abdulaziz Yusupov, Ibrohim G‘anixonov, Marat Bikmayev.

Ma’umot uchun, Yusupov o‘tgan mavsumni "Surxon"da o‘tkazgan. Futbolchi 8ta gol bilan jamoaning to‘purariga aylangan edi. 

Kiritildi: 12:55, 03.01.2020.
O'qildi: 4627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик