Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“Navbahor”ni yana uch nafar futbolchi tark etdi

“Navbahor”ni yana uch nafar futbolchi tark etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Namanganning “Navbahor” jamoasini yana 3 nafar futbolchi, bosh murabbiy Andrey Antanasovich Kanchelskisning xohishiga ko‘ra, tark etdi.

Ushbu o‘yinchilarning barchasi yarim himoya chizig‘ida to‘p surishadi. Bular: Aziz Ibragimov, Shahzod Shaymanov va Ayubxon Nomanov.

O‘tgan mavsumda 34 yoshli tajribali futbolchi Aziz Ibragimov 16ta o‘yinda maydonga tushib, 524 daqiqa to‘p surib, 2ta gol urgan bo‘lsa,

27 yoshli Shahzod Shaymanov 19ta bahsda maydonga tushib, 1028 daqiqa harakatlangan hamda 2ta gol muallifiga aylangandi.

Namanganliklar tarkibiga o‘tgan mavsumning 2-davrasida qo‘shilgan 28 yoshli Ayubxon Nomanov esa 3ta o‘yinda maydonga tushib, 86 daqiqa to‘p surgandi.

Mazkur yarim himoyachilar va xabar berganimizdek, kecha “lochinlar” safini tark etgan tajribali himoyachi Jahongir Mehmonovga jamoa ustozi Andrey Antanasovich yangi mavsumda ehtiyoji yo‘q ekanligini bildirdi. Shu bois, ushbu futbolchilar “Navbahor”ni tark etishdi.

“Navbahor” klubi mazkur o‘yinchilarga jamoadagi faoliyatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:35, 09.01.2020.
O'qildi: 4405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик