Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Bobur Akmalov: O‘lim guruhida o‘lmaslik uchun maydonda «o‘lish» kerak

Bobur Akmalov: O‘lim guruhida o‘lmaslik uchun maydonda «o‘lish» kerak

Baho:
+1 | -

Ilk o‘yin haqida "Sport" telekanalida o‘ziyam rosa gapirdik. Bildirilmagan fikrlar qolmadi, hisob. Albatta, ojizona fikrlarimiz, jurnalistona fikrlarimiz, muxlisona fikrlarimiz. Mutaxassislar bizdan yaxshiroq bilishadi, futbolni teranroq tushunishadi. Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov ayniqsa! Ishongimiz keladi shunga.

Xatolar va kamchiliklarni ilk o‘yin hayajoniga yo‘ydik. Biroq raqiblar biz o‘ylaganchalik (yoki o‘ylamaganchalik) kuchsiz emas ekan. Bu Eron Toshkentda ikki o‘yinda yengilib ketgan Eron emas. Bu Xitoy bizning yigitlardan kuchsiz ko‘rinmadi. Janubiy Koreya haqida ta’rifning o‘zi ortiqcha. Demak, rosmana o‘lim guruhiga tushganmiz. Omon chiqish uchun faqatgina yaxshi o‘ynashning o‘zi kifoya qilmaydi. O‘lim guruhida o‘lmaslik uchun maydonda "o‘lish" kerak!

Yakshanba kuni hal qiluvchi o‘yin, nazdimda. Yo uyoqlik, yo buyoqlik bo‘lamiz. Turnirdan oldin eng muhim o‘yin birinchi o‘yin yoki uchinchi o‘yin deganlar ham fikrimga qo‘shilsalar kerak. Endi aynan Xitoy bilan o‘yindagi natija taqdirimizga eng ko‘p ta’sir qiladigani, uchinchi turdagi koreyslarga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishimiz va nima qilishimiz kerakligini bilib olishimizni aniqlab beradigan o‘yin bo‘ladi.

Hozircha esa 1 ochkomiz bor. Yomon ham emas, yaxshi ham emas. Oson bo‘lishini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. Olimpiada yo‘llanmasiga osonlikcha erishilmaydi. Yaqinlar va muxlislarning duolaridan tashqari kuchli xarakter, chiroyli o‘yin va ozgina omad ham kerak. Kerak... kerak... kerak!!!

Biz Sizlarga ishonamiz, yigitlar! Bizda boshqa jamoa yo‘q. Siz Tailanddagi bizning Vatanimizsiz! Ha, Vatan vakillari emas, aynan Vatanimizsiz! Shuni tushunsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Olg‘a O‘zbekiston!

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 06:15, 10.01.2020.
O'qildi: 4838 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик