Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi sakkizinchi kun. O‘yin oldidan mashg‘ulot

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi sakkizinchi kun. O‘yin oldidan mashg‘ulot

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
"Lokomotiv" yangi mavsumning dastlabki xorij yig‘inini o‘tkazish uchun 3 yanvar kuni Toshkentdan BAA tomon yo‘l olgandi.

Bugun jamoaning Abu Dabiga kelganiga roppa-rosa bir hafta bo‘ldi. "Temiryo‘lchilar"ning bugungi mashg‘uloti bir mahal kechdi. Sababi jamoani ertaga dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi kutyapti, shu bois kunduzgi mashg‘ulot maydonda bo‘ldi, kechki payt esa murabbiylar futbol nazariyasi bo‘yicha saboq o‘tishdi. 

Bugungi mashg‘ulot ertangi o‘yin oldidan atayin o‘yinoldi mashg‘ulot sifatida o‘tdi deb bo‘lmaydi. Chunki "Loko"ning asosiy maqsadi o‘rtoqlik o‘yinlari emas, balki 21 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi. 

Ertangi nazorat bahsi Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers"ga qarshi kechadi. Dubaydagi "Sevens" stadionida tashkil etiladigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti 16:00)da start oladi. O‘ylaymizki, mazkur bellashuv jamoamiz uchun har tomonlama foydali bo‘ladi, har holda "Reynjers" Yevropada o‘ziga yarasha tarix yozgan klublardan biri hisoblanadi.

Bugungi mashg‘ulot ham o‘ziga yarasha qizg‘in kechdi. Barcha tinim bilmay mehnat qilyapti va mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilmoqda. Ertaga jamoa 11:45da "Marriott" mehmonxonasidan Dubay sari yo‘lga chiqadi. O‘yindan keyin kechqurun navbatdagi kundalikni taqdim etamiz. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

 

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:54, 10.01.2020.
O'qildi: 2569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.