Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Konor: “Men oktagonda «sehr-jodu» ko‘rsataman” (intervyu)

Konor: “Men oktagonda «sehr-jodu» ko‘rsataman” (intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

UFCning ikki vaznida chempionlikik kamarlarini qo‘lga kiritgan sobiq chempion Konor Makgregor 19-yanvar (O‘zbekiston vaqti bilan) sanasida yana oktagonga ko‘tarilishidan xabaringiz bor. Ushbu jang oldidan Konor o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

Senda jang qilish uchun yetarlicha raqib bo‘lishiga qaramay nega aynan Donald Serroneni tanlading?

Men bu jang bo‘lishini aytgan edim va u amalga oshdi. Mening Donald bilan o‘ziga xos hisob-kitoblarim bor. To‘g‘ri, o‘rtamizdagi qarama-qarshilik mashxur bo‘lmasada, u uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Bu do‘stona kayfiyatda o‘tishi kutilayotgan jang. Men aynan shu jangda ishtirok etishni istayapman. Jang borasida bergan taklifimni qabul qilgani uchun uni qadrlayman. U bilan so‘nggi bor Aldoning matbuot anjumanida ko‘rishgan edik. Oradan ancha vaqt o‘tdi. U bir nechta ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari unda ham men kabi katta oilaning boshlig‘i. Shuning uchun ham uni hurmat qilaman. Bundan tashqari, uning men va biznesim haqidagi iliq so‘zlarini ham qadrlayman. Darhaqiqat, barchasini yo‘lga qo‘yish uchun juda katta mehnat qilganman. Men u tomonidan ko‘rsatilayotgan hurmatdan minaddorman. Yaxshi jang o‘tkazishni rejalashtiryapman. Sezib turibman, mendan bunday so‘zlarni eshitishga hech kim odatlanmagan. Ayni damda bu jangni tashkillashtirish uchun bu eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblayman. Muxlislar mendan faqat va faqat janjallarni kutishadi. Yana oktagonga qaytganimdan baxtiyorman. Yilni Donaldga qarshi jang bilan boshlash naqadar yoqimli ekanligini tushuntirib bera olmayman. Jang oqshomida men chinakam «sehr-jodu»ni ko‘rsataman. Sizlar avvalgi Konorni ko‘rishga muvaffaq bo‘lasiz. Ba o‘zgacha jang bo‘ladi.

 

Jang oldidan vazn va raqibni o‘zing tanlading. Nima uchun yengil vaznda jang qilishdan bosh tortding?

Ayni damda men ancha yengil tosh bosyapman va bu 73 kg degani!

Nega unda yengil vaznda jang qilishni tanamading?

Ochig‘i yengil vaznda Kovboy u qadar yaxshi jang o‘tkaza olmasligini kundek ravshan edi.

Demak sen Kovboy uchun ham yengil vaznda jang qilishdan bosh tortgansan?

Yo‘q, men uchun umuman farqi yo‘q. Men uni istalgan vazn toifasida «do‘pposlay» olaman. Shunchaki, o‘zimning yaxshi sport formada bo‘lishimga e’tibor qaratdim. Vazn tashlab, so‘ng jangga tayyorgarlik ko‘rgandan ko‘ra, bor e’tiborimni mashg‘ulotlarga qaratishga qaror qildim. O‘z qarorimdan baxtliman. Boz ustiga, yarim yengil vaznda shiddatli jangler bo‘lib o‘tadi. Bu yerda o‘zining Kamari bilan maqtanuvchi Xorxe mavjud. Yaqindagina kamar uchun jang ham bo‘lib o‘tdi. Bu mening asl vaznimga to‘liq javob beruvchi yo‘nalish.

Sen yengil vazndagi faoliyatingni tugatdingmi?

Hech qachon! Men 10 kun ichida yana yengil vaznga tushib olishim mumkin, biroq ushbu jangda barchasi tabiiy bo‘lishini istayapman. Qolganini keyinroq o‘ylab ko‘ramiz.

Manba: UFC.com
Kiritildi: 14:44, 13.01.2020.
O'qildi: 5715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.