Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

RPLning 2019 yildagi eng omadsiz transferlari

RPLning 2019 yildagi eng omadsiz transferlari

Baho:
+ | -

Rossiyalik muxlislar tomonidan yilning eng omadsiz xaridi deb e’tirof etilgan futbolchi haqida avvalgi maqolalarimizda ham to‘xtalib o‘tgan edik. Bugun Malkom singari ortda qolgan yilda RPLning omadsiz transferi deb e’tirof etilgan bir nechta xaridlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Elmir Nabiullin (Rossiya)

Yozda “Zenit” jamoasidan “Sochi”ga ko‘chib o‘tgan futbolchi Rossiyadagi eng kuchli qanot himoyachilaridan bir edi. Afsuski, raqobatda Krishitoni yenga olmagan himoyachi jamoasini o‘zgartirgani uning zarariga ishladi. “Sochi” yosh va iqtidorli futbolchi uchun 3 million yevrodan voz kechgani uchun hali uzoq vaqt afsuslanishi aniq.

Andre Shyurrle (Germaniya)

 

Nemis Rossiya chempionatini ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan bo‘lsada, sog‘lig‘idagi muammolar sababli bir fursat o‘yindan tashqarida qoldi. Moskvaliklar tomonidan 1 million yevro evaziga xarid qilingan amaldagi JCH g‘olibi o‘zidan kutilgan darajani namoyish eta olmayapti. Gap Andre uchun “Borussiya”ga to‘langan pullarda emas, u tomonidan oqlanmagan ishonchda!

Reziuan Mirzov (Rossiya)

 

“Rostov”dagi ajoyib startdan so‘ng, “Spartak” tomonidan 4 million yevro evaziga sotib olingan futbolchidan bosh murabbiyning umidi katta edi, biroq Mirzov tobora keraksiz futbolchiga aylanib bormoqda. Ayni damda futbolchining transfermarket portalidagi narxi ham uning o‘yini singari keskin tushib ketdi.

Remi Kabelya (Fransiya)

Mavsum boshida “Krasnodar” fransiyalik futbolchining transferi orqali yangi darajaga ko‘tarilmoqchi edi. Ko‘plab mutaxassislar tomonidan jamoaning yangi yetakchisi bo‘lishi bashorat qilingan Remi o‘z soyasida qolib ketdi. Afsuski, klub yarim himoyachi uchun 12 million yevrodan voz kechdi. Bu pullarga bir nechta iqtidorli yoshlarni jamoaga jalb etishi mumkin edi. Nima ham derdik, chinakam omadsiz transfer!

 

Guus Til (Gollandiya)

“Spartak” jamoasi tarixidagi eng qimmat transferga aylangan gollandiyalik futbolchi uchun mavsum yaxshi boshlangan edi. Maydonda to‘p uchun keskin kurash olib borayotgan Gus tezda motivatsiyani yo‘qotib qo‘ydi. Klub tepasiga Tedeska kelgach, unga maydonda joy topilmay qoldi. 18 million yevro evaziga sotib olingan futbolchining imkoniyatlari haqida uzoq so‘zlashdan foyda yo‘q. “Az” klubida kelajagi porloq deb ta’rif berilgan Tillning Rossiyaga safari juda ham omadsiz keldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:44, 19.01.2020.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик