Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ulkan g‘alaba uchun so‘nggi qadam

Ulkan g‘alaba uchun so‘nggi qadam

Baho:
+ | -

Hozirgina o‘z yakuniga yetgan uchrashuv terma jamoamizning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi. Saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev telegram kanalida o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinni tomosha qilmagan muxlislar hisobga qarab jamoamizning osonlik bilan g‘alaba qozonganini tahmin qilishi mumkin, biroq barchasi tamomila o‘zgacha ko‘rinish oldi.

Qaytish

O‘yin boshida jamoamiz mudofasida kichik “mondraj”ni boshidan o‘tkazdi. O‘tkazib yuborilgan gol ham aynan o‘sha sarosimaning sababi. O‘yinning darajasi va g‘alabaning qadri juda baland bo‘lgani bois, jamoamiz yigitlari katta bosim ostida qolib ketishgan edi. Quvonarlisi shundaki, bizning futbolda kam uchraydigan holatga guvoh bo‘ldik. Biz muhim uchrashuvda birinchi gol o‘tkazib yuborishimizga qaramay, o‘yinga QAYTDIK! Sezgan bo‘lsangiz, hisobni tenglashirganimizdan so‘ng, yigitlardagi ishtiyoq keskin ko‘tarilib ketdi. Bu tabiiy, biroq ishtiyoq o‘yinga tuzilgan rejani buzib qo‘ymadi. Aynan jamoaviy o‘yin birinchi plandan tushmadi.

Jasur Yaxshiboyev uchun muhim gol

Turnir oldidan jamoamizning yetakchisiga aylanishi kutilgan amaldagi chempionning o‘yinlariga e’tirozlar ko‘payib ketayotgan edi. Ortiqcha to‘pga teginish yoki o‘yinni o‘ziga olishga urunishlar muxlisalar tomonidan haqli ravishda tanqidga uchradi. Bugungi bahsda ham Jasur bir nechta imkoniyatga ega bo‘lishiga qaramay, atigi bitta gol kiritdi. Tashqaridan qaraganda, bu oddiy holdek ko‘rinishi mumkin, lekin hujumga javob beruvchi futbolchi uchun bu juda muhim. Sobiq futbolchilar yoki bu sport bilan shug‘ullangan insonlar yaxshi bilishadi. Futbolchi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ysa, o‘z-o‘zini yengib o‘tadi va bor e’tiborini o‘yinga qaratishni boshlaydi. Soddaroq qilib aytganda o‘yinni hotirjam tarzda davom ettiradi. Bu esa, sovuq bosh bilan qabul qilinadigan qarorlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda, Jasurning goli hisobdagi farqni kattalashtirgandek ko‘ringani bilan uning terma jamoamiz uchun salmoqi juda ulkan bo‘lishiga ishonchim komil.

Qobilov barchasini o‘z joyiga qo‘ydi

Xitoy darvozasiga ikkinchi penaltini golga aylantira olmagan Islom ham katta bosim ostida qolib ketgani hech kimga sir emas. Jamoamizning guruh bahslaridagi o‘yinlarida barchadan ko‘proq tanqid qilingan sardorning asablari ancha egovlangani rost chinakam yetakchilar mana shunday sinovlarda toblanadi. Bugun Qobilov o‘z faoliyatidagi eng muhim golni kiritishni uddaladi. Ishonavering o‘zi uchun eng muhim golini kiritdi. Biz uchun eng og‘riqli muammo bo‘lgan ruhiy bosimni yengib o‘tgan Islom o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortig‘I bilan qaytarib olishni uddaladi. Bu gol uning faoliyati so‘nggiga qadar qoqilishdan so‘ng, yana turish kerak ekanligini eslatib turishi aniq.

Pley-off va guruh bahslari

Musobaqaning eng kuchli sakkiz jamoasi ichiga Eronning omadsizligi yordamida kirib olgan terma jamoamiz chinakam autsayder maqomida edi. Avstraliya Suriyani qo‘shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi. Janubiy Koreya futbolchilari Iordaniya bilan o‘yinda standart vaziyatlar evazigagina g‘olib bo‘lishdi. Saudiyaliklarni Tailand yaxshigina “ezib tashladi”. Biz esa, o‘z guruhida birinchi o‘rinni olgan BAA bilan o‘yinda klass namoyish etdik. Jarayonga doimmo yakuniy natijasiga qarab baho berish darkor. Nasib etsa, kerakli pallada kerakli tempni berishni uddaladik. Asosiysi bu g‘alabadan eyforiyaga berilib ketmasligimiz darkor. Eng muhimi bu g‘alaba biz uchun oldimizda turgan ikkita uchrashuvga turtki berishiga umid qilib qolamiz. Nasib qilsa, shunday ham bo‘ladi.

G‘arb mintaqasi

Arablarga qarshi to‘p surish qit’amizning g‘arbiy qismidagi jamoalariga qarshi maydonga tushishdan qulayroq. Buni bilish uchun futbol mutaxassisi bo‘lish shart emas. Pulga ham sotib olib bo‘lmaydigan qur’adan unumli foydalanmaslikka haqqimiz yo‘q. Bugungi o‘yin ko‘rsatib berdi-ki, terma jamoamizda “nimadir” bor. O‘sha “nimadir”ni nima ekanligini Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng bilib olamiz. Yaratgan egamizdan olimpiyachilarimizning yuzini yorug‘ qilishini duo qilib turaylik. Axir yangi tarix yaratish uchun so‘nggi qadam qoldi!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:32, 19.01.2020.
O'qildi: 7885 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.