Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

APL. «MYU» bu safar «Liverpul»ga qarshilik qila olmadi (videosharh)

APL. «MYU» bu safar «Liverpul»ga qarshilik qila olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Liverpul» rekordni yangilashda davom etadi. Mersisaydliklar dastlabki 22ta o‘yinning 21tasida g‘alaba qozonib, bitta durang qayd etishdi.

Klopp jamoasi o‘sha bitta durangni "Old Trafford" qayd etgan edi. Jamoa bugun o‘z uyida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi.

Bahsning 14-daqiqasida hisob ochildi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Virjil van Deyk bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

To‘p nazorati va xavfli vaziyatlar bo‘yicha ustunlik "Liverpul" tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, Sulsher golga tortadigan bir nechta vaziyatlar yaratishdi. Jumladan, uchrashuvning 41-daqiqasida Pereyra 2 metrdan to‘pni darvozaga bura olmadi.

Mezbonlar ikkinchi taym boshida o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Ammo Xendersonning 16 metrdan yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Marsial ajoyib imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Antoni Pereyra bilan "devor" jarima maydoniga kirib bordi va yakkama-yakka vaziyatda darvozagacha 7-8 metrlardan noaniq zarba berdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda "MYU" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi. Muhammad Saloh yakkama-yakka vaziyatda David de Xeani dog‘da qoldirdi — 2:0.

Shu tariqa, "Liverpul" o‘z ochkolarini 64taga yetkazib, bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda "Manchester Siti"dan 16 ochkoga ilgarilab ketdi.

APL, 23-tur
LIVERPUL – MANCHESTER YUNAYTED - 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 14 van Deyk, 2:0 – 90 Saloh.
Liverpul – Alisson, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Oksleyd-CHemberlen (Lallana, 66), Veynaldum, Mane (Fabinyo, 83), Firmino (Origi, 83), Saloh.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelef, Uilyams (Grinvud, 74), Shou (Diogu Dalot, 87), Matich, Djeyms, Fred, Pereyra (Mata, 74), Marsyal, Maguayr.
Ogohlantirishlar: Matich (8), De Xea (25), Shou (72), Saloh (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:22, 19.01.2020.
O'qildi: 6816 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.