Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Xayrulla Hamidov maqolasi: «APL darajasi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «APL darajasi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» o‘yini xususida rosa yozilyapti. «Klopp bandasi» chindan ham super. Shunchaki super!

Biroq, bilasizmi, nega liverpulliklarning mana shunday rekordlari boshqa chempionat vakillariga qaraganda jarangliroq yangrayapti?

Bunga sabab – APL darajasi. Ha, Tumanli Albion futboli bo‘lgani uchun ham uning qiymati oshiribroq aytilmoqda.

APL – birinchi raqamli chempionat.
Moliyaviy tomondan ham, bahslarning muhimlik tomonidan ham. Yevrokuboklarni yengayotgani esa, shu paytgacha davom etgan munozaralarga chek qo‘ydi. Terma jamoasi ham yaxshiroq natija qayd etsa, tamom, barcha jabha zabt etilgan bo‘ladi.

APL – go‘zal birinchilik.
Uning futboli borgan sari go‘zallashib bormoqda. Chiroyli futbolni izlamoqchi bo‘lganlar APLning oddiy o‘yinlariga boqib qo‘yishsa – bo‘ldi! Chempionshipdagi o‘yinga ko‘zingiz tushib qolsa ham, undagi shiddatga hayron qolasiz. Chunki APLga chiqish uchun jamoalar oddiy o‘ynab yo‘l olishlari mumkinmi?!

APL – shiddatli bahslar majmuasi.
Ayting, qaysi chempionatda chempionligi 99% hal bo‘lgan jamoaning kuchli to‘rtlikka kirolmayotgan jamoa bilan o‘yini bu qadar muhabbat bilan ko‘riladi?! “Yuventus”, PSJ, “Real” va “Barsa”ning chempionatdagi rekordlari shuncha tahlil qilinishi mumkinmi?

APL – oxirigacha tomosha qilinadigan chempionat.
Ha, «Liverpul», bundan ikki yil oldin “Manchester Siti” katta farq bilan oldinga chiqib ketganida ham... oxirigacha ko‘ramizku o‘yinlarini. Chunki boshqalarning qay bir o‘rin uchun kurash olib borayotgani boisidan kuzatishga majburmiz. Ular esa, chempionlik hal bo‘lgandan so‘ng ham oldingidek o‘ynashga majburlar. Zo‘r, a ?!

APL – Top-klublari eng ko‘p chempionat.
Kuchli oltilik, keyin kuchli yettilik degan ta’riflar faqat shu maskanda bor. Ba’zi chempionatlarda hatto “ikkinchisi” ham yo‘q. Mutlaq chempion bor va boshqalar. Top-klublari ko‘p bo‘lgach, har tur kamida ikki-uch o‘yin markaziy bahsga aylanadi.

APL – g‘oyalar maskani.
Top-klublarga top-murabbiylarnig kelishi turgan gap. Ammo kuchli yettilikdan pastdagilar boshida ham o‘z so‘ziga ega murabbiylar ishlayotganiga nima deysiz endi?! Har bir murabbiy chempionatga o‘zidan nimadir olib keladi. G‘oyalar ko‘paysa, futbol ham yanada tezroq o‘sadi. Taktik yurishlar ko‘paygani sari, yulduz jamoalar ko‘payadi. Futbol daholari shunday davrda yetishib chiqadilar. Mahalliy yigitlarning porlashi terma jamoa ravnaqiga hissa qo‘shadi. Murabbiylar futbolga futbolchilardan ko‘proq ta’sir o‘tkazayotgan zamonda yashayapmiz. Va buning eng yuqori cho‘qqisi APL bo‘lib turibdi.

APL – ertaklar manzili. “Lester”dan keyin ertak davom etmaydi, deb o‘ylaganmidingiz? Yo‘q, 1001 kundan beri “Enfild”da yengilmayotgan Klopp ertak yozmay nima yozyapti? "Ming bir kecha"ni ko‘rayotgandek bo‘lmayapsizmi? O‘ttiz yillik og‘ir tanaffusdan so‘ng liverpullik ishqibozning chempionlik qo‘lga kiritilgan soniyalardagi holatini ko‘rgingiz kelmayaptimi? Qo‘shilishib yig‘lashmaysizmi? Men, ha!

APL – futbol vatani! Tamom.

Xayrulla HAMIDOV

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 16:18, 20.01.2020.
O'qildi: 8169 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.