Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Manchester Yunayted» tarixidagi qora sahifa...

«Manchester Yunayted» tarixidagi qora sahifa...

Baho:
+1 | -

1958-yil, 6-fevral. Klub Yevropa chempionlar kubogi doirasida Belgradda o‘yin o‘tkazib uyga qaytayotgandi. Samolyot yoqilg‘i quyib olish uchun Myunxenda to‘xtab o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Yonilg‘i bakining sig‘imi Belgraddan Manchesterga to‘xtamay parvoz qilish imkonini bermasdi.

Ish bitgach ekipaj ikki bor uchishga urinib ko‘rdi. Biroq, har ikki holatda ham chap dvigateldagi yuqori tebranish natijasida parvoz amalga oshmadi.

Grafikdan ortda qolishni istamagan ekipaj komandiri Myunxenda tunab qolib qolishni istamadi va uchinchi bor parvozga shaylandi. Bu orada kuchli qor yog‘ishi boshlangan va bu uchish yo‘lagi oxirida qor uyumi to‘planib qolishiga sabab bo‘lgandi. Layner bu hududga kirib borar ekan yerdan ko‘tarilish uchun lozim bo‘lgan tezligi pasaydi. Yakunda vaziyat nazoratdan chiqib, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi oxiridagi to‘siqlarni yorib o‘tib, chap qanoti bilan yaqinroqdagi uyga borib urildi.

Bortdagi 44 insondan 21  nafari darhol jon berdi. Qolganlar orasida esa aksariyat xushini yo‘qotdi. Portlash ehtimolidan cho‘chigan komandir samolyotdan uzoqroqqa chekinishga buyruq berdi. Shunga qaramay MYU darvozaboni Harri Gregg xushsiz qolganlarga yordam berdi va bir necha insonni qutqarib qoldi...

Aeroport rahbariyati dastlab ekipaj komandiri Djeyms Teynni falokat sababchisi sifatida aybladi. Keyinchalik barchasi aynan aeroport xodimlarining mas’uliyatsizligi bois yuzaga kelgani oydinlashdi.

Fojiadan avval MYU o‘zining Angliya chempionatidagi qatorasiga uchinchi chempionligi uchun kurashayotgan, YECHKda yarim finalga chiqqan va allaqachon mamlakat kubogi sohibiga aylanib ulgurgandi. Keyinchalik klub o‘ziga kelishi uchun bir muncha vaqt kerak bo‘ldi. 1968 yil, oradan roppa-rosa o‘n yil o‘tib klub tarixida ilk bor Yevropada tengsiz bo‘ldi. Mett Basbi murabbiyligidagi bu jamoa tarkibida mash’um falokatdan omon chiqqan ikki nafar futbolchi bor edi. Ulardan biri bugungacha "Manchester Yunayted" o‘yinlarini "Old trafford" tribunalarida kuzatib kelmoqda. Bu inson - Ser Bobbi Charlton!

"Manchester Yunayted" klubi,  uning ashaddiy va ayni  vaqtda samimiy muxlislariga bag‘ishlanadi.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovorif
Kiritildi: 15:43, 06.02.2020.
O'qildi: 6333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.