Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Iskandar Shaykulov: «Mash’al» bilan bahs oson kechmaydi»

Iskandar Shaykulov: «Mash’al» bilan bahs oson kechmaydi»

Baho:
+ | -

«Nasafnews» muxbiri Muborakning “Mash’al”  futbol klubi sobiq futbolchisi Iskandar Shaykulov bilan suhbatlashdi. Ayni paytda Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida to‘p surayotgan futbolchi superliganing bu yilgi mavsumi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

— Iskandar, superliganing bu yilgi mavsumiga ham qur’a tashlandi. Dastlabki turda sizning jamoangiz «So‘g‘diyona» Muborakda mehmon bo‘ladi.
— Ha startni safarda boshlaymiz. Muborak men uchun begona shahar emas. U yerda 5 yil to‘p surdim, xullas dastlabki turning o‘zida qiyin bahsni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.

— “Mash’al” so‘nggi ikki mavsumni proligada o‘tkazdi. Avalgi jamoa bilan hozirgisining farqi bormi?
— “Mash’al” qandaydir sabablar tufayli quyi ligada ikki yil sarson bo‘ldi. Ammo jamoa o‘z joyiga qaytdi. Lekin "gazchilar" tarkibida ko‘plab tajribali futbolchilar yig‘inlarda ishtirok etishmoqda, menimcha “Mash’al”dan bu yil yaxshi natija kutsa bo‘ladi.

— Siz O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi, ayni paytda esa tajribali yosh murabbiy qo‘l ostida to‘p surmoqdasiz. Murabbiyning kuchli-kuchsiz tomonlari nimada deb o‘ylaysiz?
— Ulug‘bek Baqoyev chindan ham tajribali murabbiy. Har qanday holatda ham jamoa ruhiyatiga o‘zining foydali ta’sirini ko‘rsata oladi. Hozirga qadar kuchsiz tomonini ko‘rmadim. Kuchli tomoni yosh ekan deb futbolchilarni zaxiraga o‘tkazib qo‘yavermaydi. Tabiatan esa ancha bosiq va xushmuomala inson, jamoamiz o‘ziga mos murabbiyga tushgan deya olaman.

— “Mash’al”da ham, “So‘g‘diyona”da ham himoyada birdek harakat qilmoqdasiz. Aytingchi tajribali yosh himoyachiga boshqa klublardan takliflar bo‘lmadimi?
— Takliflar bo‘ldi. Ammo hozir “So‘g‘diyona” bilan amalda shartnomam bor, shuningdek boshqa jamoaga o‘tishga shoshmadim. Meni Jizzaxda hammasi qoniqtiradi. Bu yil yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga urinamiz.

— Bu yil superligada “Paxtakor”ga kimlar raqobatchi bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
— “Paxtakor” chindan ham hozirgi vaqtda juda kuchli tarkibga ega. Mana OCHLda ham ketma-ket ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ammo mening nazarimda “Navbahor”, “Lokomotiv” jamoalari bu yil "sherlar"ga bosh og‘riq bo‘la olishadi. Ammo mavsum boshlanmasdan avval biror aniq fikr bildirish ham mushkul. Hammasini mavsum boshlangach bilib olamiz.

Dilshod Safarov yozib oldi.

Manba: nnews.uz
Kiritildi: 14:00, 18.02.2020.
O'qildi: 2234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик