Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

AGMK nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

AGMK nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlik qismining yakuniy bosqichini davom ettirayotgan AGMK jamoasi yig‘in doirasida bugun Pro-liga vakili "Rubin"ga qarshi nazorat bahsi o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi har ikkala taymda ikki xil tarkibni tushirib, deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Jasur Umarov va Sanjar Tursunov bu galgi o‘yinni mikro jarohat tufayli o‘tkazib yuborishdi. Uchrashuvni katta ustunlikda o‘tkazgan olmaliqliklar birinchi bo‘limda ko‘plab xavfli vaziyatlar sodir etishdi. Shularning biri o‘yinning 15-daqiqasiga to‘g‘ri keldi va Jokichning uzatmasidan so‘ng qulay vaziyatga chiqib borgan Mate Vatsadze aniq zarba orqali bahsda hisobni ochdi - 1:0.

Qolgan vaziyatlarda raqib posboni "Rubin"ni qator gollardan qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi va jamoalar 1:0 hisobidagi natija bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Tanaffusdan keyin, aniqrog‘i o‘yinning 63-daqiqasida Mirjamol Qosimovning burchak zarbasidagi uzatmasini Bobur Yo‘ldoshev boshi bilan golga aylantirdi - 2:0.

Hujumlar yomg‘irini yog‘dirgan jamoamizning 75-daqiqadagi urinishi ham samara keltirdi. Hujumda faollik ko‘rsatgan vingerimiz Xojimat Erkinov himoyachilardan qochib ketib, uchrashuvdagi hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0.

Bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgan Xojimat Erkinovni raqib himoyachisi chalib yiqitdi va hakam 11-metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini esa Mirjamol Qosimov aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 4:0.

Nazorat o‘yini
20 fevral, payshanba
AGMK - "Rubin" 4:0
Gollar: Vatsadze (15, assist: Jokich), Yo‘ldoshev (63, assist: Qosimov), Erkinov (75), Qosimov (86-penaltidan)

AGMK (4-2-3-1) — Suhrob Sultonov - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Erkin Baydullayev, Yovan Jokich - Arslonmirat Amanov, Bahrom Abdurahimov, Elguja Grigalashvili - Mate Vatsadze.

Ikkinchi bo‘limdagi o‘ynagan tarkib (4-3-3) — Roman Abdulov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Sheroz Jalolov - Saydullo Toshpo‘latov, Mirjamol Qosimov, Shahzod Nurmatov - Murod Toshmatov, Zafar Polvonov, Xojimat Erkinov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:33, 20.02.2020.
O'qildi: 2823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик