Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Navbahor» klubi o‘z muxlislarini olib-sotarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

«Navbahor» klubi o‘z muxlislarini olib-sotarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 2-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv”  jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi avjida!   

Ishqibozlar 4, 5, 6, 7, 8, 9, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-sektorlar uchun 15 ming so‘m;
3, 10, 11, 12, 13 hamda 20-sektorlarga 20 ming so‘m;
2 va 21-sektorlar uchun esa 30 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.

“Navbahor”–“Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin viloyatimizning taniqli xonandalari tomoshabinlarga o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan zavq ulashishadi.

Mazkur jamoalar joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yganligi bois, ushbu o‘yinning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori.  Bundan tashqari, “lochinlar” o‘z maydonlarida bu yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvni o‘tkazishadi hamda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilishadi. Bo‘lajak uchrashuv mazkur omillar sababli ham ancha ahamiyatli.            

Chiptalar 4 mart kunidan boshlab, Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingoh, “Chorsu” hududidagi yakka qabr oldi, “Sardoba” bozori oldidagi “Megapolis” savdo majmuasi oldida sotilmoqda. Chiptalar miqdori cheklangan. Ularni tezroq xarid qilishga shoshiling!   

Chiptalarni faqatgina yuqoridagi manzillardan o‘z narxiga xarid qiling, olib-sotarlardan chipta sotib olmang va ulardan ehtiyot bo‘ling!

“Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yini 6 mart, juma kuni soat 18:15 da start oladi.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 11:32, 05.03.2020.
O'qildi: 3145 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.