Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ronaldinyo qamaladi?!

Ronaldinyo qamaladi?!

Baho:
+ | -

Ayni damda futbol afsungarining Paragvaydagi sarguzashtlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. Vaziyat siz o‘ylagandan ancha jiddiyroq.

Sarguzashtning avvalgi qismlarida

 

  • Ronaldinyo va uning akasini Paragvayda sohta pasportlar bilan qo‘lga olishdi. Aka-ukalar ushbu pasportlarni Paragvaylik biznesmendan sovg‘a ekanligini ma’lum qilishganini va Paragvaylik do‘stlarining iltimosiga binoan Paragvayga tashrif buyurishganini ma’lum qilishdi.

 

  • Paragvay ichki ishlar vaziri qonun barchaga barobar ekanligi borasida bayonot bergach, Roni va uning akasini qo‘yib yubordi. Shunga qaramay, ushbu pasportlar ortida turgan deyarli barchani turmaga ravona qildi. Ular orasida Ronining do‘sti: Vilmondes Souza ham mavjud.

 

  • Juma kuni Ronaldinyo va uning akasini yana qo‘lga olindi. Paragvaylik sudya Mirko Valinoti aka-ukalarni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. Futbolchining advokati ular hujjatlarni sohtalashtirish borasida hech narsaga aloqodor emasligini ma’lum qilgan bo‘lsada, bu hech narsani o‘zgartirgani yo‘q.

 

Ish bo‘yicha qanday yangiliklar mavjud?

Aslida Paragvay qonunlar bo‘yicha hujjatlarni sohtalashtirish uchun jarima yoki bir yillik qamoq jazosi tayinlanadi. Hozircha bu ish borasida surushtiruv olib borilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchini 8 soat davomida so‘roq qilishgan. Xatto Ronini Paragvayga taklif qilgan biznesmen Dali Lopesning qo‘lga olingani haqida ham rasman ma’lum qilindi.

Shanba kuni futbolchi jarima evaziga qo‘yib yuborish borasidagi iltimosni Paragvay qonunchilik palatasi rad etdi va Ronaldinyoni qo‘lga olish borasida buyruq berdi. Boshqa bir sudya – Ruis Diaz Ronini qidiruv - surishtiruv ishlari yakunlanishiga qadar qamoqqa olishga rozi bo‘ldi.

Nega bunday qaror qabul qilindi? O‘rinli savol. Bu savolga sudyalar Roni va uning akasi davlat qonunchiligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jinoyatni amalga oshirganini rasman e’lon qilishdi. Sudyalarning aytishicha, Roni va uning akasi chinakam xujjatlarni sohtalashtirishda ishtirok etishgan.

Himoyachilar sobiq futbolchini uy qamog‘ida ushlab turishni iltimos qilgan bo‘lsada, Paragvay qonunchiligi buni rad etdi. Xatto braziliyalikning akasining sog‘lig‘i yomonlashgani ham vaziyatni yumshatmadi. BBSnashrining ma’lum qilishicha, Paragvay hokimiyati futbolchini faqat birgina sabab bilan qo‘yib yubormayapti. Unga ko‘ra, agar Roni va akasi Braziliyaga qo‘yib yuborilsa, ularni sudga chaqirishning iloji bo‘lmay qoladi. Buni barcha anglab turgani bois paragvaylik sudyalar Ronaldinyoni majburan ushlab turibdi.

Endi Roni qamaladimi?

Ayni damda sudyalar qabul qilgan qaror bo‘yicha braziliyaliklar jinoiy ish to‘liq o‘rganilmaguniga qadar qamoqada bo‘lishadi. Sudya Roni uzog‘i bilan 6 oy davomida turmada o‘tirishi haqida rasman ma’lum qildi. Shunday ekan, Roni 6 oy davomida qamoqhonada qolib ketishi mumkin.

Aslida himoyalanuvchi tomon appelyasiyaga berishga harakat qilib ko‘rishdi. Xatto Klara Ruizni ishdan chetlatishlarini ham iltimos qilishdi, biroq bundan naf chiqqani yo‘q. Futbolchining advokatlari mijozlarining sog‘liqlari borasidagi hujjatlarni taklif etish orqali ularni ozodlikka olib chiqish uchun harakat qilishmoqda. Afsuski, vaziyat ancha chigal. Advokatlarning aytishicha, Ronini uy qamog‘iga ko‘chirishning o‘zi ham juda katta savol ostida turibdi.

Vaziyat tasavvurimizdan ancha jiddiy. Ularga sohta xujjatni aka-ukalarga taqdim etgan Lopesning jinoiy ishi borasida juda katta hajmdagi tergov ishlari olib borilmoqda. Qizig‘i shundaki, Pragvay sudi Lopesni noqununiy pul aylanmalari va soliqdan qochishda ayblamoqda. Sud Roni va uning akasidan Lopesga qarshi ko‘rsatma berishidan umid qilmoqda. Bu paragvaylik biznesmenning ayblariga dalil sifatida hizmat qilishiga umid qilishmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:35, 09.03.2020.
O'qildi: 6764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.