Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 1-3 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Buyuklar tavallud topgan kun

Buyuklar tavallud topgan kun

Baho:
+ | -

Biroz avval hamkasbim Xayrulla Hamidov 21-mart sanasida tavallud topgan "afsungar" Ronaldinyo bugun 40 yoshini nishonlayotgani haqida yozgan edilar. Qizig‘i, bugun yana bir braziliyalik afsona agar hayot bo‘lganida 60 yoshini nishonlagan bo‘lar edi. Uning ismi Ayrton Senna.

Unga Formula-1 muxlislari "yomg‘ir odami", "hujumkor romantik" degan laqablar berishgan. Yomg‘irli poygalarda esa unga sharhlovchilar sehrgarning vaqti keldi deyishardi. Xuddi Ronaldinyo singari u ham raqiblarini uyaltirishga usta edi. Hattoki eng qisqa trassa, Monakodagi kvalifikasiya (saralash) poygasida poulni qo‘lga kiritib eng yaqin ta’qibchisi va ashaddiy raqibi Alen Prostni 1,427 soniyaga ortda qoldira olgan edi.

U Ronaldinyodan farqli ravishda kamdan kam xatoga yo‘l qo‘yardi (poygada ham, hayotda ham). U bu sport turini o‘zgartira olgan va asl poygachi qanday bo‘lishi kerakligini yoshlarga ko‘rsata olgan hamda kelajak avlodga namuna bo‘la olgan pilot edi.

Ayanchlisi shuki, 1994-yil San-Marino Gran Prisida to‘qnashuvlar ko‘p bo‘ldi. O‘sha paytlarda endigina qirollik poygalariga o‘tgan va kelajakda Shumaxerning jamoadoshi bo‘lgan Rubens Barikello amaliyot poygasida avtohalokatga uchraydi va jiddiy jarohat oladi. Senna esa hamyurtining holidan xabar olarkan, poygachilarning xavfsizligi yetarlicha himoyalanmaganini aytadi. Bu gaplarga ko‘pchilik jiddiy e’tibor bermaydi. Oradan bir kun o‘tib kvalifikasiya poygasida avstriyalik pilot Ronald Ratsenberger soatiga 314 km tezlikda trassadan chiqib ketadi va halok bo‘ladi. Bu barchani shok hokatiga tushirib qo‘yadi. Senna esa tezroq xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerakligini aytadi va yakshanba kungi poygadan oldin barcha pilotlarni yig‘ib majlis o‘tkazadi. Bu holatdan so‘ng kelasi poygalardan xavfsizlikni ta’minlash uchun brigada yollanishiga kelishib olinadi. Poyga boshlanadi, startdayoq yana to‘qnashuv yuz beradi va poyga 7 aylanadan so‘ng qayta davom ettiriladi. Restartdan so‘ng, birinchi burilishda Senna kutilmaganda katta tezlikda borib to‘g‘ri devorga uriladi. O‘sha paytda uning tezligi 310 kmni tashkil etgandi. Poyga to‘xtatiladi, shifokorlar qanchalik harakat qilishmasin, uning jonini saqlab qola olishmaydi. Keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, restart paytida birinchi to‘qnashuvdan qolib ketgan bolid qismlaridan biri uning shlemidan o‘tib miyasini shikastlagan va Senna shu zahoti hayotdan ko‘z yumgan ekan. O‘sha mavsum, chempioni Mixayel Shumaxer bo‘ladi. Mening kumirim agarda Senna halok bo‘lmaganida bunday buyuklikka erishishi yanada qiyin bo‘lardi. Chunki Senna o‘sha davrda tengsiz edi. U o‘z o‘rnini boshqa bir afsonaga bo‘shatib berdi. Lekin o‘zi ham afsonadek ketdi...

Uning o‘limidan so‘ng, ko‘pchilik poygachilar bir gapni aytishadi. "Senna o‘lmagan, u bizdan bir aylana oldinda".

Bugun afsonalar tavallud topgan kun, Ronaldinyo, Senna va Ali Dayi.

Davlat TURDALIYEV.

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 20:29, 21.03.2020.
O'qildi: 4411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.