Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ngolo Kante: “Men aynan unga o‘xshashni juda ham istayman”

Ngolo Kante: “Men aynan unga o‘xshashni juda ham istayman”

Baho:
+ | -

“Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante “BBCsport” nashri uchun qiziqarli intervyu berdi. Amaldagi JCH g‘olibini asosan maydon tashqarisidagi hayoti haqidagi savollarga javob berdi.

- Ngolo jamoadoshlaring ismining qisqartirib murojaat qilishadimi?

- Meni NG deb atashadi. To‘g‘risi, bunga ko‘nikib qolganman.

- Futboldan tashqari, qanday sport turini hush ko‘rasan?

- O‘ylashimcha tennis. Imkon bo‘lishi bilan tennis kortiga borishga harakat qilaman.

- Seni nimadandir g‘azablanasanmi?

- Albatta men ham barcha insonlar kabi g‘azablanaman. Bazida ayrim insonlarning men haqimda bildirgan fikridan g‘azablanaman. Bu darhaqiqat, insonga og‘ir botishi va uni g‘azablantirishi mumkin. Sen haqingda tinmay yomon so‘zlarni aytuvchi insonlar o‘zlari sezmagan xolda seni g‘azablantirishadi.

- Karaoke kuylaganingda, qaysi qo‘shiqdan boshlaysan?

- Doimo “Dream” gruhining qo‘shiqlaridan boshlayman. Ayniqsa, ular tomonidan “JCH 2018” bag‘ishlagan qo‘shiq shirin xotiralarni yodga soladi. Shu sababli, doimo karaokeda shu qo‘shiqni kuylayman.

- O‘sha Jahon chempionati haqidagi eng yoqimli xotiralaring bilan o‘rtoqlashsang?!

- Bu ajoyib sarguzashtdek tuyuladi. Shuningdek, juda katta tajriba maktabi. Men butun dunyoga qarshi Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilganman. Musobaqada g‘olib chiqishning amalga oshirish mushkul bo‘lgan vazifalardan biri sanaladi. 2018-yildagi chempionlik hayotimdagi eng yoqimli daqiqalarni menga taqdim etgani bilan yodimda abadiy qoladi.

- Qiyil pallada qolganingda qo‘shiq tinglaysanmi?

- Ochig‘i, “Chelsi”ga o‘tgach, moslashib ketishga juda mushkul bshlgan. Menda ruhiy tushkunlik bor edi. Yangi jamoamda barchasi boshqacha bo‘lgani uchun va mening kamgapligim sababli to‘liq chiqishib ketishda muammolar paydo bo‘lgan. O‘sha davrlarda doimmo Sexion d'Assaut guruhining qo‘shiqlarini tinglar edim.

- Agar senda o‘zing uchun superiqtidor tanlash imkoni bo‘lganida qanday ustunlikka ega bo‘lishni istaysan?

- Agar tanlash kerak bo‘lsa, men bir lahzada o‘zim istagan joyda paydo bo‘lishni ko‘raman.

- Qaysi kinodagi qahramonning rolini ijro etgan bo‘lar eding?

- Gladiator filmidagi Maksimus rolini! Sababi, bu men eng sevib tomosha qilgan kino. Men aynan unga o‘xshashni juda ham istayman.

- Qaysi taomni yoqtirasan?

- G‘arbiy afrikada bu taomni teep deb atashadi. Uyga borganimda, onam yoki xolam albatta shu taomni tayyorlab berishadi. Bu ovqatni tanavvul qilishni hush ko‘raman.

- Sening o‘yining barchaga Makaleleni eslatib yuboradi. U sen o‘xshashni istagan futbolchimi?

- Faqat Klodga o‘xshashni istamayman. Yoshligimda u Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilar edi. Albatta, uning o‘yinlarini kuzatib borganman, biroq men Ronaldo va Ronaldinoga o‘xshashni istaganman. Yana Maradonaga bo‘lgan hurmatim ham cheksiz. Aynan shu futbolchilar menga barchadan ko‘ra ko‘proq yoqar edi.

Manba: BBC sport
Kiritildi: 03:18, 23.03.2020.
O'qildi: 6008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.