Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xayrulla Hamidov maqolasi: «An’ana»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «An’ana»

Baho:
+ | -

Bugun 25 mart. Futbolni sog‘ingan dillarga yaqin o‘tmishning ajib bir o‘yinini yodga solmoqchiman:

Chernogoriya – O‘zbekiston 1:0.

2011 yili o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yini bu ikki yurt o‘rtasidagi yagona bahsdir. Bolqon mamlakatlari bilan ko‘p o‘ynab turamizu, ammo qoratog‘liklar bilan boshqa o‘ynamaganmiz. Xullas, o‘sha uchrashuvdagi xavfli vaziyatlarni kuzata turib, terma jamoamizdan Vadim Abramov boshchiligida rosa omad qochganiga guvoh bo‘lamiz.

Hamyurtlarimiz mehmonda xuddi uydagidek to‘p surishgan (lavha oxiridagi raqamlarga qarab qo‘yasiz!). Lekin so‘nggi daqiqada burchakdan uzatib berilgan to‘pni bartaraf eta olmay, bosh bilan urilgan zarbadan yutqazganmiz. Tanish manzaraya?!

Tarkib ham yaxshi saralangan: Nesterov darvozada, himoyada uch vakilimiz – Vitaliy Denisov, Shavkat Mullajonov va Islom To‘xtaxo‘jayev. Yarim himoyada Sanjar Tursunov, Stas Andreev, sardor Timur Kapadze, Aziz Haydarov va Shavkat Salomov. Hujumda Nosir Otaqo‘ziyev. Unga bu chiziqda Pavel Smolyachenko yordam bergan. Pavelning terma jamoa tarkibidagi yagona o‘yini shu.

O‘yindan so‘ng Chernogoriya terma jamoasi ustozi Zlatko Kranchar terma jamoamizni “evropacha o‘yin ko‘rsatuvchi jamoa” deb baholagandi. Darhaqiqat, shu chiroyli futbol bilan Osiyo chempionatida hammani hayratlantirgan va navbatdagi mundial saralashiga taraddud ko‘rayotgan edik. Lekin ertakning oxirini bilasiz...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Черногория - Ўзбекистон ўртоқлик ўйини видеошарҳи:

Kiritildi: 07:38, 25.03.2020.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик