Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi (to‘liq)

Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi (to‘liq)

Baho:
+ | -
  • Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining JCH saralash uchrashuvlarida 6 ta gol bilan to‘purari bo‘lib turibdi.
  • “Rostov” klubi hujumchisi o‘z vaqtida (U20) yoshlar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etgan
  • U terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etishini juda istaydi

 

Aslida O‘zbekiston har safar JCH saralash uchrashuvlarida ishtirok etar ekan, har doim yangi yulduzni kashf etadi Aleksander Geynrih ham 2006-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralash o‘yinlarida jamoasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun to‘rt bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan, biroq O‘zbekiston Baxreyn bilan uchrashuvlarda alamli mag‘lubiyatni qabil qilib oladi. Oradan 4 yil o‘tib, afsonaviy Maksim Shatskix o‘zining eng pik formasida jamoani JCH sari yetaklaydi, biroq bu safar ham hujumchining kiritgan 8 ta goli O‘zbekistonga yordam bermaydi.Aslida O‘zbekistonda Braziliyada o‘tgan JCHda ishtirok etish uchun imkoniyat bor edi. Musobaqa sarlashida Server Jeparov qahramonlik ko‘rsatib 4 ta gol kiritganiga qaramay, jamoa yakunda Janubiy Koreyadan to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoladi. Endi Estafeta Eldor Shomurodovning qo‘liga o‘tdi.

Ayni damda, uning hisobida 6 ta gol mavjud bo‘lib, O‘zbekiston “D”guruhining ikkinchi o‘rnida bormoqda. Terma jamoa har safar so‘nggi bosqichda qoqilishiga qaramay, “Rostov” hujumchisi O‘zbekistonning Jahon Chempionatiga chiqishiga ishonmoqda.

 

“JCH saralash uchrashuvlari jamoamiz uchun va men uchun ham juda muhim. 34 million o‘zbek bizning mundialda ishtirok etishimizni ancha yillardan beri orziqib kutmoqda. Men bu tarixiy voqeyada muhim rol o‘ynashni istayman. Sababi, saralash bosqichidan omadli o‘tishimiz futbolning yurtimizda rivojlanishi uchun katta ta’sir o‘tkazadi.

JCHga bir necha bor yaqin kelganimiz rost. Afsuski, har safar omad bizdan yuz o‘girgan. Doimmo omad kerak bo‘lgan nuqtada u bizdan yuz o‘girgan. Endilikda butun xalq bizdan Jahon chempionatiga chiqishimizni kutmoqda. Umid qilamanki, bu safar xalqimizning orzularini ro‘yobga chiqarish orqali ularning qalblarida g‘urur hisini uyg‘otamiz.”

Shomurodovning bo‘yi 190 smga yetdi vaQatar 2022 yo‘lida o‘zini ko‘rsatishdan to‘xtamayapti.U Yamanga qarshi (5:0) uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda (3:1) singapur darvozasiga muhim ikkita golni kiritdi. Kuchli raqib – Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda O‘zbekisoton 2:3 natijasi bilan mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, Shomurod o‘yinni golsiz tark etmadi. Keyin u muhim bo‘lgan uchrashuvda Suriya darvozasini ham ishg‘ol qildi. Qahramonimiz bazi futbol afsonalarining o‘yinlaridan ta’sirlanganini yashirib o‘tirmaydi:

“Yoshligimda Fernando Torresning o‘yinlarini zavq bilan tomosha qilar edim. Torresning o‘yin uslubi menga hush keladi. U va Drogba doimo maydonda o‘z kuchiga ishongancha harakat qilishadi. Men ular singari hujumchi bo‘lish uchun mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kyapman.”

Boshqa ko‘plab yulduzlar singari u ham yoshlar o‘rtasidagi JCHda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. 2015-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqada qahramonimiz ikkita gol kiritish orqali jamoaning kuchli sakkiz jamoadan biri bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi. Eldor o‘sha musobaqa haqida quyidagicha xotirlaydi:

“Bu ulkan tajriba bo‘lgan. Bu musobaqaning mening hayotimda tutgan o‘rni beriqos. O‘sha turnirdan so‘ng, o‘z kuchimga bo‘lgan ishonch yanada ortgan edi.

Eldor xalqaro uchrashuvlarning 42 tasida maydonga tushgan bo‘lib, o‘sha uchrashuvlarda 19 bor darvozasiga yo‘l topgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, ayni damda u terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar borasida 7-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, u bu ko‘rsatgich borasida barchani quvib o‘tmoqchi ekanligini yashirib o‘tgani yo‘q:

“Hujumchi uchun eng muhimi iloji boricha ko‘p gol kiritish. Shu yo‘sinda jamoamga yordam, muxlislarga quvonch ulashaman. Men o‘zim maydonga tushgan har bir uchrashuvda gol kirishni istayman. Orzuyim terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanish. Bu maqsadimga yetish yo‘lida qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.”

Manba: FIFA.com
Kiritildi: 22:38, 29.03.2020.
O'qildi: 5106 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.