Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Bikmayev uch yil oldingi “Paxtakor”ga qarshi bahs haqida: “O‘yindan juda yaxshi taassurotlar qolgan”

Bikmayev uch yil oldingi “Paxtakor”ga qarshi bahs haqida: “O‘yindan juda yaxshi taassurotlar qolgan”

Baho:
+ | -

2017-yilning 21-aprel kuni “Lokomotiv” safarda “Paxtakor” mehmoni bo‘lib 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

“Lokomotiv” yetakchilaridan biri Marat Bikmayev uch yil oldin aynan shu kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvni yodga oldi.

- “Juda qiziq o‘yin bo‘lgandi. Ikkita gol urganim ham esimda. Birinchisini penaltidan urganman. Ikkinchi golni Maxaradze to‘pga bosh bilan zarba berganidan so‘ng Lobanov qaytargan va qaytgan to‘pni bo‘sh darvozaga kiritgandim”.

- “Paxtakor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi bahslar doim qiziq kechgan. Chunki bu derbi hisoblanadi. Alashmasam, o‘sha o‘yinda Stanislav Andreev bizga penaltidan gol ura olmagandi. Qolaversa, “Paxtakor”ning ikki futbolchisi qizil kartochka olgan".

- “Bu uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. 2017-yil chempion bo‘lganmiz va chempionlikda mana shu g‘alabaning hissasi katta bo‘lgan. Umuman olganda o‘yindan juda yaxshi taassurotlar qolgan”, - deydi Marat Bikmayev.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:56, 21.04.2020.
O'qildi: 3653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик