Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

«Yig‘ishtir lash-lushlaringni»

«Yig‘ishtir lash-lushlaringni»

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Manchester Yunayted” yozda sotib yuborishi shart bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etadi.

“Qizil iblislar” moliyaviy jihatdan ancha baquvvat klub sanaladi. Bu hech kimga sir emas. Hatto pandemiyadan so‘ng ham jamoa o‘zi uchun kerakli bo‘lgan futbolchilarni xarid qilishga qodir. Shunday bo‘lsada, katta transferlar uchun ayrim futbolchilarni sotib yuborish zarar qilmaydi. Bugun jamoani tark etishi foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan futblchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Kris Smolling (30 yosh)

Kris kutilmaganda Rimdagi “ta’til”dan unumli foydalandi. “Roma” bilan yaxshi mavsumni o‘tkazdi. O‘zini har tomonlama ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Hatto italyancha so‘zlashishni boshladi. 30 yoshli himoyachi endi APLda naf bermasligi aniq. Boz ustiga,Rimda uni olib qolish ishlari boshlab yuborilgan. Afsuski, klub egasi Den Fridkinning pullari muzlatilgan. Shu sababli, Smollingning transferi amalga oshmay qolishi mumkin. Shunga qaramay, Kris “qizil iblislar”nitark etish uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi.

Markos Roxo (30 yosh)

Qishda argentinalik futbolchi “Estudiantes” safiga ijara asosida borib qo‘shilganidan xabaringiz bor. Afsuski, Argentina klubi Roxoni amalda nimalarga qodir ekanligini ko‘rishga ulgurmadi. Pandemiya tufayli to‘xtatilgan futbol uchrashuvlari sababli jamoa Roxoni klubda olib qolish yoki ortga qaytarish borasida yakuniy qarorga kelishga qiynalishi turgan gap. Shaxsiy shartnomasida juda baland maosh ko‘rsatilgan futbolchini Xuan Sebastyan Veron prezidentlik qilayotgan klub o‘z safida olib qolishiga ishonish juda mushkul. Katta ehtimol bilan “qizil iblislar” futbolchiga xaridor izlashlariga to‘g‘ri keladi. Roxo o‘zining eng kuchli formasida ham 2014-yildan beri jamoa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganini inobatga olsak, bu ish oson bo‘lmasligi aniq.

Erik Bayi (26 yosh)

Erik allaqachon o‘zi uchun yangi jamoa izlashga tushib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Qahramonimiz shu qadar ko‘p jarohat oldiki, hatto klub shifokorlari bilan aka-ukadek yaqin bo‘lib ketdi. Qaysidir ma’noda u jarohatidan avval ham maydonda juda qo‘pol xatolarni amalga oshirgani bois, klub futbolchidan katta narsani umid qilmayotgani aniq. Endilikda, “qizil iblislar” uchun Maguayr bilan tandemda to‘p surishga qodir markaziy himoyachi kerak. Lindelof hozircha asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bayi borasida bunday deya olmaymiz. Katta ehtimol bilan himoyachi yozda o‘zi uchun yangi jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi.

Xuan Mata (31 yosh)

Ander Errera “PSJ”ga o‘tib ketganida, Xuan Mata nima uchun transferga qo‘yilmadi degan o‘rinli savol paydo bo‘lishi aniq. Aslida, Mata ajoyib pleymeyker. O‘z vaqtida APLda ajoyib mavsumlar o‘tkazgan, biroq ayni damda klub undan deyarli naf chiqarayotgani yo‘q. O‘zining 31 yoshidayoq zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolgan futbolchini jamoada olib qolishdan hech qanday naf yo‘q. Boz ustiga, uning shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Shunday ekan, “qizil iblislar” ispanni shu yozda sotib yubormasa, birorta “chaqqon” klubi uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi hech gap emas. JCH va Yevropa chempionati g‘olibining maoshi asosiy tarkib futbolchilarinikida ancha baland ekanligini inobatga olsak, Matani yozda transferga qo‘yish shart. Yiliga 6,5 million yevro maosh to‘lanayotgan futbolchi zaxiradan o‘tirishidan hech qanday naf yo‘q.

Fil Jons (28 yosh)

Ser Aleksning so‘nggi jangchilaridan biridan voz kechish oson bo‘lmasligi aniq. Afsuski, so‘nggi mavsumlarda aynan Fil Jons David De Xea uchun muammolar yaratishdan boshqasiga yaramayapti. Og‘ir bo‘lsada tan olish lozim, Fil “Manchester Yunayted” darajasidagi futbolchi emas. U juda erta o‘sishdan to‘xtab qoldi. Qanot himoyasida to‘p surish uchun tezligi yetmaydi. Markazda to‘p sursa o‘yinni buzib qo‘yishi mumkin. Tayanch yarim himoyachisiga folga moyil bo‘lgani uchun sira mos emas. Umuman olganda, u hali-hamon tarkibda ekanliginin sababi nima ekanligini qiziq. Katta ehtimolki,uni sotib olishni birorta klub istamagan. Aks xolda, “MYU” birinchi imkoniyatdayoq uni sotib yuborgan bo‘lar edi.

Jessi Lingard (27 yosh)

Lingarddagi o‘sish ko‘zni qamashtirayotgan edi. Hatto uning JCH-2018dagi o‘yinlari sababli “Manchester Yunayted”ning kelajagi deb erkalashdi. Afsuski, Lingardning o‘yini qisqa fursatda keskin pasayib ketdi. Boz ustiga, u jamoa bilan yangi (yaxshilangan) shartnomani imzolagach, sermahsullik ko‘rsatishni to‘xtatdi. Sekin-asta asosiy tarkibdan tushib qolishni boshladi. Ayni damda, qahramonimiz o‘z faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Agar, “qizil iblislar” uni transferga qo‘ysa, deyarli hech narsa yutqazmaydi. Baribir, Jessi bundan balandroq darajaga ko‘tarila olmasligini ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Aleksis Sanches (31 yosh)

O‘z vaqtida APLning (“Arsenal” safida) eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan chililik hujumchining karyerasi hozir deyarli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. “Inter” uni jamoada olib qolishni istamayapti. “Manchester Yunayted”ga ulkan maosh oluvchi foydasiz futbolchi kerak emas. Sotib olishni istagan birorta klub yo‘q. Afsuski, Sanchesni birorta klub o‘z safida ko‘rishni istamayapti. Shunday bo‘lsada, hech yo‘q uni ijraga berish borasida bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Balki, o‘rtadagi shartnoma ikki tomonning kelishuvi bilan bekor qilinar. Nima bo‘lgan taqdirda ham Aleksis “qizil iblislar” tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri sifatida uzoq muddat eslanishi aniq.

Pol Pogba(27 yosh)

Pogba ayni damda ketish yoki qolish o‘rtasida qolib ketgan futbolchi. Soddaroq qilib aytganda, arosatda qolgan yarim himoyachi. Uning nimalarga qodir ekanligini barcha biladi. Buni isbotlashning xojati yo‘q. Afsuski, “Real”ga amalga oshmagan transfer uning muxlislar oldidagi mavqeini keskin pasaytirib yubordi. Futbol tarixida birinchi bo‘lib 100 million yevroga baholangan futbolchi kutilganidek yangi yetakchi bo‘lishni uddalay olgancha yo‘q. Uddalashi ham tobora haqiqatdan yiroqdek tuyulib bormoqda. Bu mavsumning katta qismini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan futbolchi uchun pandemiya juda og‘ir zarba berdi. Pol deyarli bir mavsum katta futboldan chetda qoldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ayni damda, Pogba “qizil iblislar” uchun tutqichi yo‘q chemodan singari befoyda buyumga aylanib bo‘ldi. Agar, Sulsher kerakli tutqichni topa olsaku, yaxshi, biroq bu tutqich topilmasa Pogba transferi Aleksis Sanchesnikidan ham salbiyroq xotiralarni qoldirishi aniq. Umuman olganda, agar Fernandesh yuqori tempda to‘p surib tursa, Pogbaga bo‘lgan ehtiyoj keskin kamayib ketishi turgan gap. Shunday ekan, amaldagi JCH g‘olibi sotib yuborish evaziga klubga yangi futbolchilarni olib kelish haqida bosh qotirish, uning o‘ziga kelishini kutishdan afzalroqdek ko‘rinmoqda.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:49, 27.04.2020.
O'qildi: 7588 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.