Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ignatiy Nesterov — mutlaq rekordchi!

Ignatiy Nesterov — mutlaq rekordchi!

Baho:
+ | -

Karantin paytida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Ignatiy Nesterov haqida qiziqarli maqolani taqdim etamiz.

“Lokomotiv”ning asosiy darvozaboni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo Kuboklarida maydonga tushish bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Gap shundaki, Nesterov qatorasiga 5ta Osiyo Kubogida ishtirok etgan qit’adagi yagona futbolchi.

Boshlanish
Ignatiy Nesterovning dastlabki Osiyo Kubogi 2004-yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan musobaqaga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Yurgen Gede va Ravshan Haydarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi 21 yoshli Ignatiyni ikkinchi darvozabon sifatida olib ketishgandi.

Nesterov bu turnirda faqat bitta o‘yinda maydonga tushgan. Guruh bosqichining oxirgi turida Turkmaniston bilan kechgan bahsda Yevgeniy Safonovga dam berilgani bois termamiz darvozasini Nesterov qo‘riqlagandi. Bu o‘yinda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchgan.

Chorak finalda Bahrayn bilan kechgan bahsda yana Safonov darvozada turgan va o‘yin 2:2 hisobida yakun topib penaltilar seriyasida omad bahraynliklarga kulib boqqanini yaxshi bilasiz.

Inileev bildirgan ishonch
OFK keyingi Osiyo Kuboklarini toq yillarda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi. Shu-shu 2007-yildan beri musobaqa toq yilda o‘tkazib kelinyapti. Nesterov 2007-yilgi musobaqaga ham ikkinchi darvozabon sifatida borgandi.

Eron bilan kechgan birinchi o‘yinda bosh murabbiy Rauf Inileev Pavel Bugaloni asosiy tarkibga kiritgan. Lekin yutqazib qo‘yganimiz uchunmi yoki Bugaloning xatosi tufaylimi keyingi o‘yinlarda Nesterov darvozani qo‘riqlay boshlaydi.

Natijada yana uch yoshga ulg‘aygan Nesterov terma jamoamizning qolgan uchta o‘yinida maydonga tushib o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda, uchta bellashuvda o‘z darvozasidan atigi bitta gol olib chiqqani e’tiborga molik.

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi-2007da 3ta o‘yin o‘tkazgan

Guruh bosqichi. Malayziya - O‘zbekiston 0:5
Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Xitoy 3:0
1/4 final. Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston 2:1

Esda qolgan turnir
Aksar muxlislar eng yaxshi Osiyo Kubogi sifatida 2011-yil Qatar maydonlarida o‘tgan musobaqani eslaydi. Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi juda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda yakunda 4-o‘rinni egallagandi va bu hozirgacha Osiyo Kuboklaridagi eng yaxshi natijamiz bo‘lib turibdi.

Ignatiy Nesterov bu paytga kelib ancha tajriba to‘plab qo‘ygan, shu bois musobaqaga asosiy darvozabon sifatida yo‘l olgandi. Terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2011da oltita o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan beshtasida Nesterov darvozani qo‘riqlagan.

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi-2011da 5ta o‘yin o‘tkazgan

Guruh bosqichi. Qatar - O‘zbekiston 0:2
Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Quvayt 2:1
Guruh bosqichi. Xitoy - O‘zbekiston 2:2
1/4 final. O‘zbekiston - Iordaniya 2:1
3-o‘rin uchun. Janubiy Koreya - O‘zbekiston 3:2

Oxirgi ikkita musobaqa
2015-yil Avstraliya va 2019-yil BAA yashil maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo Kuboklarida ham Ignatiy Nesterov terma jamoamizning birinchi raqamli posboni sifatida ishtirok etdi. U har ikki turnirda yana o‘zini ko‘rsata oldi.

O‘tgan yil BAAda o‘tkazilgan musobaqa uning uchun beshinchisi bo‘ldi va shu munosabat bilan Ummonga qarshi bahs oldidan OFK tomonidan taqdirlandi. Nesterov shu paytgacha Osiyo Kuboklarida 17 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 15ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi-2015da 4ta o‘yin o‘tkazgan

Guruh bosqichi. O‘zbekiston - KXDR 1:0
Guruh bosqichi. Xitoy - O‘zbekiston 2:1
Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1
1/4 final. O‘zbekiston - Janubiy Koreya 0:2

Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogi-2019da 4ta o‘yin o‘tkazgan

Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Ummon 2:1
Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Turkmaniston 4:0
Guruh bosqichi. O‘zbekiston - Yaponiya 1:2
1/8 final. Avstraliya - O‘zbekiston 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:03, 02.05.2020.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.