Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Messidan ko‘proq sovrin yutgan maestro»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Messidan ko‘proq sovrin yutgan maestro»

Baho:
+ | -

Andreas Inyesta 36 ga kirdi. “Andreas Inyesta futboldan ketsa, futbol kimdan ayrilganini bilib oladi!” Bu gap marhum Tita Vilanovaga tegishli.

Hozir Inyestaning uyiga borsak, menimcha, bir xona to‘la kubok bo‘lsa kerak. Qo‘lga kiritilgan sovrinlari Messinikidan ko‘proqligiga ishonaman. To‘g‘ri, “Barsa”da ikkisi bir xil natijalar qayd etishgan, ammo Leo Ispaniya termasida o‘ynamagan-ku, to‘g‘rimi?!

Men bu yigitni ilk bora barcha yurtdoshlarimiz singari 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi JCHda ko‘rganman. Inyesta o‘shanda O‘zbekiston yoshlari darvozasiga yagona golni urgandi. Bu yigitning eng porloq onlari, albatta, Kataloniya superklubining tizimidagi o‘zgarish davriga to‘g‘ri keladi. Andreas Xavi va Messi bilan shunday bir uchlik bo‘ldiki, bu uchlikka qarshi o‘ynab bo‘lmay qoldi. Ular futbolni o‘zgartirib yuborishdi. Bu uchlik ichida menimcha eng ko‘p ishni Inyesta amalga oshirgan...

Andreas alohida olinganda ham o‘z uslubiga ega nodir futbolchidir. Uning to‘p bilan original harakati – raqibni aylanib aldab o‘tishi haligacha betakror hisoblanadi. Fe’lan o‘ta kamtarin bo‘lgan qahramonimizdan kamida bitta “Oltin to‘pi”ni olib qo‘yishganini ham bilamiz. Lekin u bunaqa narsalarga e’tibor bermaydi. O‘ynayveradi.

16 yil davomida maydon markazida hokimlik qilgan bu yigit klubning nurli davrlarida asosiy motor edi. 2010 yili Ispaniya termasiga jahon chempionligini taqdim etgan golni yo‘llaganini har bir ispaniyalik bolakay rohatlanib eslasa, Barsa muxlislari 2009 yili Chelsi darvozasiga yo‘llagan supergolini unuta olmaydilar. Gollar uning asosiy fishkasi emas, albatta. Inyesta maydonni o‘qiy bilishi, hujumni boshqa tomonga ko‘chira olishi bilan dong taratgan. Gvardiolaning murabbiylik davridagi Inyestaning o‘yinini takrorlash imkonsiz, deb o‘ylaymiz.

Xayrulla HAMIDOV

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 10:26, 11.05.2020.
O'qildi: 4410 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик