Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Barselona» prezidentligiga da’vogar 2021 yilda Gvardiolani klubga qaytarmoqchi

«Barselona» prezidentligiga da’vogar 2021 yilda Gvardiolani klubga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta 2021 yilda klub rahbarligi uchun kurashda o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini tasdiqladi. Shuningdek, u saylovda g‘olib chiqsa, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Xosep Gvardiolani olib kelmoqchi.

«Men Gvardiolaning jamoaga qaytishini istardim. Ammo u hozir «Manchester Siti»da. Yakuniy qarorni Xosepning o‘zi qabul qilishi kerak. U — «Barselona» uchun etalon hisoblanadi, ko‘pgina kataloniyaliklar uning jamoa boshqaruviga qaytishini istashmoqda.

Xavi? U murabbiyga aylandi va futbol bilan yashashda davom etmoqda. U klubga qaytish uchun qulay vaziyat qachon kelishini kutishi kerak. 2021 yilda uning sobiq jamoadoshlari o‘ynayotgan bo‘ladi. Ular bilan ishlash oson bo‘lmaydi. Xavi — halol inson. U futbolda ko‘p narsani biladi va to‘g‘ri qaror qabul qiladi. U «Barselona» boshqaruviga qachon kelishni o‘zi hal qiladi", — dedi Laporta.

Laporta 2003-2010 yillarda «Barselona» prezidenti lavozimida ishlagan. 2015 yilgi saylovda esa u Xosep Bartomeuga yutqazgan. Laporta boshqaruvi paytida "ko‘k-anorranglilar" klublar o‘rtasidagi JCH, 2 marta Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya La ligasi, 3 marta marta mamlakat superkubogi va bir marta Ispaniya kubogida g‘olib chiqdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:59, 12.05.2020.
O'qildi: 6593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик