Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Rus futbolining cho‘qqisi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Rus futbolining cho‘qqisi»

Baho:
+ | -

14 may — Sankt Peterburgning “Zenit” klubi UEFA kubogini qo‘lga kiritgan sana. 2008 yil. O‘zi o‘sha mavsumni rus futbolining cho‘qqisi desak to‘g‘ri bo‘lardi. Terma jamoa Yevropa miqyosida kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan va yarim finalgacha Niderlandiyani mag‘lub etgani hanuzamki rus ishqibozining yodidan ko‘tarilmaydi.

Bosh murabbiy Dik Advokat bo‘lgani holida "Zenit" UEFA kubogida fenomenal o‘yinlar ko‘rsatdi. Vladislav Radimovning to‘lishgan davri, Andrey Arshavin otning ustida, Roman Shirokov kashf etilgan, jamoa sardori Anatoliy Timoshchukning yulduzli onlari, Pavel Pogrebnyakni bir qator klublar surishtirayotgan damlar va chempionat to‘purarlaridan biri Fotih Tekkening gollari o‘sha yilgi musobaqani mutlaq "Zenit"ga olib berdi.

"Zenit" "Siti of Manchester"da 14 may oqshomida "Glazgo Reynjers"ni mag‘lub etishidan oldinoq turnir favoriti ekanini ko‘rsatib qo‘ygandi.

Yo‘lida "Bavariya"ni – 4:0 hisobidagi katta hisob bilan, "Bayer" Liverkuzenni – unga ham to‘rtta gol, "Marsel"u "Vilyarreal"ni dog‘da qoldirib chiqqanidan ham bilsak bo‘ladiki, bu yo‘l ancha mashaqqatli yo‘l edi. Taqqoslash uchun aytaman: "Glazgo" bu tomondan "Verder"ni, "Panatinaikos"ni, "Sporting"ni va "Fiorentina"ni dog‘da qoldirgan. "Zenit"ning chempion bo‘lishi adolatdan edi aslida.

O‘yinning o‘ziga keladigan bo‘lsak, ikki jamoa ham ancha tartibli harakatlangan. Jismoniy tomondan ustunligi sezilgan piterliklar 72 daqiqalik sukunatni Denisovning golidan so‘ng buzishga muvaffaq bo‘lishgan. So‘nggi daqiqalarda haddan tashqari hujumga o‘tib ketgan shotlandlar qarshi hujumdan jazolanishgani yodimizda. Gol muallifi – Ziryanov edi. 2:0 va "Zenit" superkubokka, endi "Manchester Yunayted"ni maxf etish uchun yo‘l oladi. “Lui II" stadionidagi navbatdagi zafardan so‘ng Rossiya terma jamoasi Yevro-2008 da zo‘r o‘ynamasligi mumkin emasdi. Hammasi davomiy va natijalar paralleli to‘g‘ri.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 08:49, 14.05.2020.
O'qildi: 4206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик