Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 19:00 Dinamo 2-1 Metallurg
29/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
29/03 19:15 Qizilqum - Lokomotiv
30/03 01:00 Lill - Lans
30/03 01:00 Kadis - Granada
30/03 16:30 Napoli - Atalanta
30/03 17:30 Nyukasl - Vest Xem
30/03 18:00 Xetafe - Sevilya
30/03 19:00 Jenoa - Frozinone
30/03 19:00 Torino - Monsa
30/03 19:00 Andijon - Nasaf
30/03 19:00 Paxtakor - So‘g‘diyona
30/03 20:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
30/03 20:00 Sheffild Yunayted - Fulhem
30/03 20:00 Tottenhem - Luton
30/03 20:00 Bornmut - Everton
30/03 20:00 Chelsi - Byornli
30/03 20:15 Almeriya - Osasuna
30/03 21:00 Mets - Monako
30/03 22:00 Lasio - Yuventus
30/03 22:30 Aston Villa - Vulverhempton
30/03 22:30 Valensiya - Malyorka

YECHLdagi eng yaxshi to‘purar kim? (Top 10)

YECHLdagi eng yaxshi to‘purar kim? (Top 10)

Baho:
+ | -

Stadion.uz klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada barchadan ko‘proq gol kiritgan futbolchilar o‘nligi bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

10-o‘rin. Zlatan Ibrahimovich 48 ta gol

Ushbu musobaqada zafar quchmagan eng mashxur futbolchi kuchli o‘nlikni ochib beradi. O‘z faoliyati davomida “Inter”, “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Barselona”, PSJ va “Ayaks” singari grandlar sharafini himoya qilganiga qaramay, Ibra bu sovrinni qo‘lga kiritmadi. Shunday bo‘lsada, shved 48 ta gol kiritib o‘zining nimalarga qodir ekanligini yana bir bor barchaga namoyish etib qo‘ydi.

9-o‘rin. Andrey Shevchenko 48 ta gol

 

Ukrainalik futbolchi o‘zining YECHLdagi ilk golini 17 yoshida kiritganidan xabaringiz bormi? Sheva oradan ikki yil o‘tib “Barselona” darvozasini uch bor ishg‘ol qiladi va mavsum so‘nggida Yevropa Chempionlar Ligasiningto‘purariga aylanadi. Umuiy hisobda Andrey 48 bor klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada gol kiritgan bo‘lib, u assistlar soni bo‘yicha Zlatanni ortda qoldirmoqda.

8-o‘rin. Alfredo Di Stefano 49 ta gol

 

Ronalduga qadar “Real”ning barcha rekordlarini o‘ziniki qilib turgan afsonaviy hujumchini barcha yaxshi taniydi.

Qahramonimiz 20 asrdayoq bu musobaqada g‘alaba qozonganlardan. Bundan tashqari, Di Stefano Yevropa Chempionlar kubogini (O‘sha davrdagi YECHL) naqd besh bor boshi uzra ko‘targan ilk futbolchi sanaladi. Sovrinlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, Alfredo musobaqa 49 ta gol kiritgan xolos. Shunga qaramay, bu natija uning buyukligiga sira soya solmadi.

7-o‘rin. Tiyeri Anri 50 ta gol

 

Anri o‘zining ilk katta turniridayoqbarchaning e’tiborini qozongan desak, adashmagan bo‘lamiz. “Monako” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan fransuz 7 bor jamoasi muxlislarini xursand qilishni uddlagan. Anri faoliyati davomida yana ikki bor YECHLda 7 tadan gol kiritganiga qaramay, hech qachon turnirningto‘purari bo‘lmagan.

6-o‘rin. Rud Van Nistelroy 56 ta gol

E’tiborlisi shundaki, gollandiyalik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasidaning9 ta mavsumida ishtirok etgan bo‘lsada, 56 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Chinakam gol mashinasi!“Manchester Yunayted”, “Real” singari top jamoalarda harakat qilgan bo‘lsada, u barcha kutganidek futbol olamining qiroli bo‘la olmadi. Ayni damda barcha muxlislar uni to‘purar hujumchi sifatida eslashadi xolos. Aslida, uning faoliyati boshida mutaxassislar Ruddan ko‘prog‘ini kutishgan edi…

5-o‘rin. Karim Benzema 64 ta gol

 

Karim ham Yevropa Chempionlar Ligasida erta debyut golini kiritganlardan biri sanaladi. 18 yoshidayoq “Lion” tarkibida barchaning e’tiboriga tushgan hujumchi o‘zi uchun jamoa tanlashda adashmadi. U zamonaviy futboldagi eng nomdor va stabil forvordlar qatorida tilga olinadi.

4-o‘rin. Robert Levandoski

 

Polshalik hujumchining hisobida ham 64 ta gol mavjud. Shunga qaramay, u Karimga nisbatan 34 ta kam (musobaqada) o‘yin o‘tkazgan.

Hozircha to‘xtatilgan YECHL musobaqasida Robert 11 bor raqib darvozabonlarini “xafa” qilgancha to‘purarlik qilmoqda. Agar UEFA musobaqani yakunlab qo‘ysa, Robert kamida Yevropa Chempionlar Ligasiningeng yaxshi to‘purar bo‘lishi mumkin.

3-o‘rin. Raul 71 ta gol

 

Ispaniyalik afsona 23 yoshga qadam qo‘yganida, uning shaxsiy muzeyida ikkita “shalpagquloq” mavjud edi. Oradan ikki yil o‘tib, Raul YECHLda kiritilgan gollar soni bo‘yicha Alferedo Di Stefanoni quvib o‘tdi va klub tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylanib oldi. Bu ko‘rsatgich uzoq vaqt davomida Raulni Yevropadagi tengsiz futbolchi ekanligini isbotlab turdi, biroq yangi (“MessivsRonaldu”)davr(i)boshlanishi bilan Raulni ko‘pchilik unutib ham yubordi.

2-o‘rin. Messi 114 ta gol

 

Argentinalik futbolchi 2008-2012-yillar oralig‘ida musobaqaning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan sovrinni hech kimga bermadi. Shu yillar ichida kiritilgan 43 ta gol unga 4 ta “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishida ko‘mak berdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

YECHLning o‘tgan mavsumida ham Messi 12 ta gol bilan to‘purarlik namoyish etdi. Vaholanki, “Barselona” musobaqa finaligahametib borgani yo‘q.

1-o‘rin. Krishtiyau Ronaldu 128 ta gol

 

Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi sanaladi.Portugaliyalikka bir yo‘la bir nechta rekordlar tegishli bo‘lib, yaqin 10 yil ichida uni hech kim qayta o‘rnata olmasa kerak.

Krish 2012/13-yilgi YECHL mavsumida umumiy hisobda naqd 17 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lib, bu turnir tarixidagi mutloq rekord sanaladi. Bundan tashqari, Ronaldu 7 bor musobaqa to‘purari uchun berilgan sovrinlarga ega chiqqan. Umuman olganda, Ronaldu YECHL tarixidagi eng yaxshi futbolchi va bu natijani undan tortib olish tobora mushkullashib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:07, 28.05.2020.
O'qildi: 12205 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.