Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Yaxshiboyev Belarus chempionati legionerlar ramziy jamoasiga kiritildi

Yaxshiboyev Belarus chempionati legionerlar ramziy jamoasiga kiritildi

Baho:
+ | -

"Pressbol" nashri Belarus chempionatining ushbu mavsumida samarali faoliyat yuritayotgan legionerlardan ramziy jamoa tuzib chiqdi.

Ramziy jamoaning hujum chizig‘iga "Energetik-BGU" a’zosi Jasur Yaxshiboyev ham kiritildi. Nashr o‘zbekistonlik futbolchiga quyidagicha ta’rif berdi:

"O‘zbekistonlik yosh futbolchi mavsumni juda kuchli boshladi. Ilk turdayoq u BATE mudofaasini yanchib tashladi va dublga erishdi. Amalda 22 yoshli o‘yinchi katta futboldagi ilk mavsumini o‘tkazmoqda. Shu paytgacha u O‘zbekiston milliy jamoasida bor-yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushgan edi. Yaxshiboyev ushbu mavsumda samarali harakatlari orqali 8 ochko to‘pladi (7 gol + 1 uzatma). Hujumchi har bir o‘yinda yuzaga kelayotgan imkoniyatlarning uchdan biridan unumli foydalanganida edi, ularning soni yanada ko‘proq bo‘lar edi. Shunga qaramay, klub bosh murabbiyi uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmoqda".

Belarus chempionati legionerlar ramziy jamoasi (2020):

Darvozabon: Rodion Syamuk ("Torpedo-BelAZ", Ukraina);

Himoyachilar: Aleksandar Filipovich (BATE, Serbiya), Dmitriy Yashin ("Torpedo-BelAZ", Rossiya), Nikola Antich ("Shaxtyor Soligorsk", Serbiya);

Yarim himoyachilar: Yulius Szoke ("Shaxtyor Soligorsk", Slovakiya), Nemanya Milich (BATE, Serbiya), Gabriel Ramos ("Torpedo-BelAZ", Braziliya), Gegam Kadimyan ("Neman", Armaniston);

Hujumchilar: Momo Yansane ("Isloch", Gvineya), Ion Nikolayesku ("Vitebsk", Moldova), Jasur Yaxshiboyev ("Energetik-BGU, O‘zbekiston).

Murabbiy: Yuriy Vernidub (Ukraina).

Manba: www.pressball.by
Kiritildi: 12:06, 04.06.2020.
O'qildi: 4551 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик