Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Prevyu: AGMK – "Surxon"

Prevyu: AGMK – "Surxon"

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turi doirasidagi bahsda AGMK Olmaliqda “Surxon”ni qabul qiladi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yin tarixi qisqa va bu o‘tgan mavsumdan boshlandi. Hozirga qadar AGMK termizliklar bilan ikki marotaba to‘qnash kelgan. O‘tgan mavsum Olmaliqda kechgan o‘yinda Dilshod Jo‘rayev va San’at Shixovning gollari AGMKga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, Termizda Abror Ismoilovning goli “Surxon”ni g‘olib qilgandi.

Jamoalarning joriy mavsumdagi holatiga nazar tashlasak, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jadvalda 2 g‘alaba, 2 durang va 8 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi “Surxon” 4 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Termizliklar mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlashdi. O‘z uyida “Bunyodkor”ga (1:3) imkoniyat boy berilgach, kelasi o‘yinda Navoiyda “Qizilqum” (2:1) mag‘lub etildi. So‘ngra Termizda “Nasaf”ga (1:2) qarshi bahsda ikkinchi mag‘lubiyat qabul qilindi. O‘tgan turda esa Termizda “Mash’al” (2:2) jangovor durang qayd etildi.

Ko‘rinib turibdiki, garchi jamoa 4 o‘yinda atigi 4 ochko jamg‘argan bo‘lsada, har uchrashuvda raqib darvozasiga yo‘l topishni uddasidan chiqmoqda. Shuningdek, o‘z darvozasidan ham muntazam ravishda to‘p qo‘yib yuborilmoqda. “Surxon” ishtirokidagi bahsda eng kamida 3tadan, o‘rtacha esa 4tadan gol kiritilmoqda.

Jamoaning gollariga Kasyan (2), Husniddin G‘ofurov, Sherzod Karimov, Sardor Sulaymonov va Aziz Ibragimov mualliflik qilishgan. Qayd etish kerakki, bizga qarshi o‘yinni mehmonlarning yetakchi futbolchisi Shavkat Salomov diskvalifikasiyasi tufayli o‘tkazib yuboradi.

AGMK mavsumni ketma-ket ikki durang bilan boshladi va qatorasiga 2 uchrashuvdan buyon g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Dastlab uyda "Metallurg" (1:1) bilan durang qayd etildi, keyinchalik Jizzaxda "So‘g‘diyona"ga (1:1) qarshi bahsda yana g‘olib aniqlanmadi. Olmaliqda o‘tgan "Bunyodkor" (2:0) bilan bo‘lgan to‘anqshuvda jamoamiz ishonchli g‘alabani tantana qildi. So‘ngra Navoiyda "Qizilqum" (1:0) ustidan g‘alaba qozonildi.

AGMK chempionatda eng kam gol (-2) o‘tkazib yuborgan hamda “Nasaf” bilan birgalikda mag‘lubiyatga uchramagan jamoa sifatida qolmoqda.
AGMKning kiritgan gollariga Mate Vatsadze, Igor Zonich, Murodjon Toshmatov, Hojimat Erkinov va Elguja Grigalashvili mualliflik qilishgan.

AGMK O‘zbekiston milliy chempionatida o‘tkazgan 343 o‘yindan 121tasi g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 470-503.

Superliga, 5-tur.
20 iyun, shanba.
AGMK — “Surxon” (20:00)
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Translyasiya: "Dunyo bo‘ylab" kanali (jonli)

Kiritildi: 17:09, 17.06.2020.
O'qildi: 2200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик