Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Xayrula Hamidov maqolasi: «Olovli Liverpul»

Xayrula Hamidov maqolasi: «Olovli Liverpul»

Baho:
+ | -

Muhammad Saloh Misr terma jamoasini mundialga olib chiqqanida deyarli o‘ttiz yillik tanaffus haqida gap ketgandi. Afrikalik iqtidor “Liverpul” klubida ham shunday taqdir egasiga aylandi. Uning yulduzli davrida “qizillar” APL g‘olibi bo‘lishmoqda.

Yurgen Klopp jamoani chempion qilayotan ilk nemis murabbiyi. Inglizlar eplolmagan ish edi bu.

“Chelsi”...

Chempionlik buyurtmasini qabul qilishga haqli klub “Liverpul”dan qolib ketgan qarzini to‘ladi. Oshig‘i bilan hatto. Maur Jerrardga qo‘shilib yiqilgan “Liverpul” klubi ustidan o‘tib ketgandi va chempionlik “ManSiti”ga nasib etgani yodimizda. Endi unutamiz, bo‘ldi!

Yillar o‘tib londonliklar shu ishni Gvardiola yigitlariga nisbatan ham qo‘llashdi.  Alamli tomoni, “Siti” “Liverpul”ni chempion bo‘lishini bilardi, ammo “Etihad”dagi o‘yinga CHEMPION maqomida kelishini istamagan edi. Nailoj, chempionlik yo‘lakchasiga taraddud ko‘radi janob Pep.

Qator rekordlar...

Ikkinchi o‘rin bilan o‘rtadagi farq mavsum tugashiga 7 tur qolganida 23 ochko! Bunaqasini boshqa klub yetti uxlab-da tushida ko‘ra olmaydi.

Romantik klub APLdagi ilk, Angliyadagi 19-chempionligini shu tarzda -  ko‘p hodisalarga boy holda qo‘lga kiritmoqda. Faktlar odamni charchatib tashlaguli darajada serob. Muhimi chempionligi.

Hozirda havo issiqligi bois, futbolchilar bo‘lim o‘rtasida suv ichib, biroz tin olishyapti. “Liverpul” klubining olamshumul muvaffaqiyatini qabul qilishga tayyor bo‘lmagan dunyo ozgina tin oldi – pandemiyada go‘yo tomonlar “suv ichib olishdi”.

Birdan buncha voqeani aqlimizga sig‘dirishimiz uchun qulay fursat berilgandek. Yoki “Liverpul” uchun qo‘shimcha romantik tuyg‘ular tuhfasidir bu, kim biladi, deysiz. Axir, g‘oliblikni muxlislar qarshisida nishonlamaslik hissi ham borku bu yerda...

Jamoa muxlislarini tabriklaymiz!

Tarixda butkul o‘zgacha holatlar-la eslanadigan 2020 yili boshqa jamoa g‘olib bo‘lishi rostanam voqelikka tushmas ekan..

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 05:12, 26.06.2020.
O'qildi: 4583 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик