Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yevropa ligasi. Bugun bo‘lib o‘tadigan qur’a haqida muhim ma’lumotlar

Yevropa ligasi. Bugun bo‘lib o‘tadigan qur’a haqida muhim ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa ligasi musobaqasining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon?
Marosim 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Ishtirokchi jamoalar

Chorak final va yarim final bosqichi uchun tashlanadigan qur’ada quyidagi juftliklar g‘oliblari ishtirok etishadi.

"Istanbul Bashakshexir" (Turkiya) / "Kopengagen" (Daniya)
"Olimpiakos" (Gresiya) / "Vulverxempton" (Angliya)
"Reynjers" (Shotlandiya) / "Bayer" (Germaniya)
"Volfsburg" (Germaniya) / "Shaxter" (Ukraina)
"Internasionale" (Italiya) / "Xetafe" (Ispaniya)
"Sevilya" (Ispaniya) / "Roma" (Italiya)
"Ayntraxt" (Germaniya) / "Bazel" (Shveysariya)
LASK (Avstriya) / "Manchester Yunayted" (Angliya)

Qur’a tartibi

Chorak final va yarim final bosqichi uchun qur’adan tashqari, finalda nominal mezbon jamoa nomini aniqlash maqsadida qur’a tashlanadi.

Barcha jarayon "ko‘r-ko‘rona" qur’a tarzda o‘tkaziladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi, bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Ehtimoliy cheklovlar haqida UYEFA qur’adan avval ma’lumot beradi.

Uchrashuvlar qayerda o‘tkaziladi?

Yevropa ligasining chorak final, yarim final va final uchrashuvlari avgust oyida "sakkiz finalchi" formatida Germaniyaning 4ta shahri — Kyoln, Duysburg, Dyusseldorf va Gelzenkirxenda o‘tkaziladi. Har bir bosqich bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

Uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan stadionlar:

"Kyoln", Kyoln (final)
"MSV Arena", Duysburg
"Dyusseldorf Arena", Dyusseldorf
"Arena AufShalke", Gelzenkirxen

Taqvim

1/8 final o‘yinlari (5-6 avgust)

Javob o‘yinlari nominal mezbon maydonida o‘tkaziladi:
«Shaxtyor» — «Volfsburg» (2:1)
«Bayer» — «Reynjers» (3:1)
«Vulverxempton» — «Olimpiakos» (1:1)
«Manchester Yunayted» — LASK (5:0)
«Bazel» — «Ayntraxt» (3:0)
«Kopengagen» — «Istanbul Bashakshehir» (0:1)

Germaniyadagi bitta uchrashuvda aniqlanadi:
«Xetafe» — «Inter»
«Roma» — «Sevilya»

10-11 avgust: Chorak final
16-17 avgust: Yarim final
21 avgust: Final (Kyoln)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:00, 10.07.2020.
O'qildi: 5538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.