Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

APL. «Tottenxem» derbida «Arsenal»dan ustun keldi (videosharh)

APL. «Tottenxem» derbida «Arsenal»dan ustun keldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 35-turi doirasida Shimoliy Londonning «Tottenxem» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi derbi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Dastlab har ikki jamoa bittadan qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Aleksandr Lyakazett o‘ta kuchli zarba bilan to‘pni "shporlar" darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ushbu goldan atigi 3 daqiqa o‘tib mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Mehmonlar himoyachilari Kolashinas va David Luizning xatosidan foydalangan Son Xyong Min chiroyli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Bahsning 31 va 32-daqiqalarida tomonlar yana bittadan xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. "Tottenxem" himoyachisi Ben Devis kutilmaganda 35 metrlardan zarba yo‘lladi, to‘p esa to‘singa tegib qaytdi.  Nikolya Pepening jarima maydoni ostonasidan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. 40-daqiqada Obameyangning zarbasi ham birozgina noaniq chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati "kanonirlar" tomonida bo‘ldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Obameyang tomonidan 10 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi...

Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida "Tottenxem" tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi omadli chiqdi: Tobi Alderveyreld 7 metrlardan bosh bilan darvozani zabt etdi.

Natijada, tengkurashlar ostida kechgan o‘yinda Joze Mourinyo jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Tottenxem" o‘z ochkolarini 52taga yetkazdi va "Arsenal"ni quvib o‘tgancha jadvalda 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL, 35-tur
Tottenxem – Arsenal 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Lyakazett, 1:1 – 19 Son Xyong Min, 2:1 – 81 Alderveyreld.
Tottenxem – Lyoris, Orye, Alderveyreld, Devis, Sanches, Uinks, Lo Chelso (Skipp, 84), Lukas Moura (Bergveyn, 82), Sissoko, Son Xyong Min (Lamela, 90), Keyn.
Arsenal – Martines, Belyerin (Soaresh, 84), David Luiz, Mustafi, Tirni (Uillok, 84), Sebalyos, Jaka, Pepe (Saka, 70), Kolashinas (Nelson, 84), Lyakazett, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (16), Orye (34), Lyakazett (45), Devis (45), Pepe (61), Uinks (76), Bergveyn (87), Saka (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:34, 12.07.2020.
O'qildi: 4200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик