Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Modrich: “Mening pasportdagi yoshimga e'tibor bermang" (intervyu)

Modrich: “Mening pasportdagi yoshimga e'tibor bermang" (intervyu)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Real Madrid” jamoasi futbolchisi Luka Modrich Real Madrid TV kanali uchun ekslyuziv intervyu berdi. E’tiborlisi shundaki, ushbu intervyuni “qirollik klubi”ning afsonaviy futbolchisi Roberto Karlos uysuhtirdi.

O‘z vazifasi haqida

–  O‘z-o‘zini yakkalash chog‘ida tinimsiz mehnat qildim. Bir kun ham mashg‘ulotlardan zerikkanim yo‘q. Ichki birinchilikda o‘yinlarimdan ko‘nglim to‘ldi. Ayniqsa, jamoaviy harakatlarimzdan yuz foiz qoniqdim. Bu ajoyib mavsum bo‘ldi deb hisoblayman.

To‘p surish ishtiyoqi

– Sizlarga g‘alati eshitilishi mumkin, biroq bu so‘zlarimni barcha murabbiylarim tasdiqlashlari aniq. Men futbolni sevaman. Aynan maydonda harakat qilganimda o‘zimni juda yaxshi his etaman. Murabbiyimiz mavsum davomida rotatsiyadan foydalanadi. Sababi, bizda yuqori darajadagi ijrochilar ko‘p. Shunga qaramay, doimo maydonda bo‘lishni istayman. Ochig‘i, mening pasportdagi yoshim bilan emas, maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinim bilan baholashlarini istayman. To‘g‘risi, o‘z yoshim haqida so‘zlashni hush ko‘rmayman.

Mavsum restarti haqida

– Bu mavsum qolganlaridan ancha uzoqroqqa cho‘zildi. Ko‘plab o‘yinlar o‘tkazdik va ularning barchasida yaxshi taassurot qoldirdik. Restartdan so‘ng, barcha futbolchilar to‘pni sog‘inganini namoyish eta oldi. Biz og‘ir mehnat sababli murabbiy istagan darajaga ko‘tarila oldik. Biz 10 ta o‘yinning 10 tasida g‘alaba qozondik. Bu shunchaki fantastik natija deb hisoblayman.

YECHL haqida

– Bu tarkib hech qachon o‘zidan ko‘ngli to‘lmaydigan yigitlardan iborat. Biz tinimsiz g‘alaba qozonishni istaymiz. “La Liga” yakunlangach, bizni “Siti”ga qarshi og‘ir uchrashuv kutib turibdi. Ilk uchrashuvda mag‘lub bo‘ldik, biroq ishonchli futbol namoyish etdik. Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi, lekin doimo g‘alaba qozonishning iloji yo‘q. Bizda Manchester klubiga qarshi bitta sifatli futbol uchrashuvi namoyish etush uchun resurs yetarli deb hisoblayman.

Jamoaning ayni damdagi formasi haqida

– Endilikda  yaxshilab dam olishimiz va oldimizda turgan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Endi bizni juda muhim va asabiy bahs kutib turibdi. To‘g‘risi, chempionlik poygasida “Siti”ni mag‘lub etishga qodirligimizni namoyish etdik. Endi hammasini YECHLda yana isbotlashimiz darkor.

Manba: Real Madrid TV
Kiritildi: 15:02, 19.07.2020.
O'qildi: 4849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик