Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Rodrigo: "Biz chempionlarmiz" (intervyu)

Rodrigo: "Biz chempionlarmiz" (intervyu)

Baho:
+ | -

“Qirollik klubi”dagi o‘zining ilk mavsumini o‘tkazayotgan Rodrigo ham Real Madrid TV nashri uchun intervyu berib o‘tdi. O‘z vatandoshi (Roberto Karlos) uyushtirgan suhbatda, yosh futbolchi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Primero” g‘olibligi

To‘g‘risi, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman. Bu men uchun chinakam sharaf. Bolalikdagi orzularimdan biri amalga oshdi.

Chempionat yakuni haqida

To‘g‘ri, juda qiyin uchrashuvlar o‘tkazdik. Oson o‘yin bo‘lmadi. Shunga qaramay, biz “Real”miz. Doimo shu tempda futbol namoyish etishga majburmiz. Biz chempionlarmiz. Bu daqiqalardan zavq olishga haqlimiz deb hisoblayman.

Madriddagi ilk mavsumi haqida

Ochig‘i ishlar bu qadar osonlik bilan amalga oshadi deb o‘ylamagan edim. O‘ylaganimdan ham yaxshiroq o‘zimni ko‘rsata oldim. Menga shu qadar ishonch bildirishlarini va bu qadar ko‘p o‘yinlarlarda maydonga tushishimni tasavvur ham qilmagan edim. Bu ajoyib mavsumni hech qachon unutmayman.

Oila a’zolaridan kelgan sms

Ota-onam chempionlikni qo‘lga kiritishimiz bilan menga sms yubordi. Ularning tabriklaridan ko‘nglim osmonga yetdi. Dadam “Real”da to‘p surish orzusida futbolga kirib kelganimni yaxshi bilganlari uchun ham alohida tabrikladilar. Onam orzularimning amalga oshirganim uchun faxrlanishlarini aytdilar. Darhaqiqat, bu unutilmas hislar edi.

“La Liga”ning ilk sovrini

Men Madrid klubi bilan Ispaniya superkubogida zafar quchdim. Bu yoqimli, biroq “Primero” chempionligi umuman boshqa narsa.  Bu sovrin sizga mavsum davomida tinimsiz qilgan mehnatlaringiz uchun topshiriladi. Uni birgina g‘alaba bilan qo‘lga kiritishning iloji yo‘q.

Klub talablari


“Real”ning taklifini qabul qilishdan oldin, bu klubda faqat g‘alaba qozonish lozimligini bilganman. Kelgach,  bu yerda g‘alaba, g‘alaba va yana g‘alabadan boshqa natija qabul qilinmasligini ma’lum qilishdi. Biz Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdik, biroq yana g‘alaba qozonishni istayamapmiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:44, 19.07.2020.
O'qildi: 4148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик