Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Klopp: "Biz manman emasmiz"

Klopp: "Biz manman emasmiz"

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Chelsi» ustozi Frenk Lempardning gaplariga javob qaytardi. Avvalroq angliyalik mutaxassis «Liverpul»ni manmanlikda ayblagandi.

«Siz menga va jamoamga bunday ayblov qo‘ya olmaysiz, chunki biz manman emasmiz. Frenk raqobatchiga xos kayfiyatda edi va men buni juda hurmat qilaman. Menimcha bunday vaziyatda nima xohlasang o‘shani gapirishing mumkin. O‘yindan keyin esa men uchun hammasi tugaydi.

Men avvallari ko‘p gaplar gapirganman, ular faqat emosiya sabab edi. Lempard bu yerga o‘yinni yutish yoki ochko ishlash uchun kelgandi va buni juda hurmat qilaman. Biroq u bir narsani uqib olishi kerak, hakamning final hushtagi chalinishi bilan hammasi tugaydi. U esa buni eplay olmadi.

O‘yindan keyin bunday gapirish kerak emas, Frenk buni anglab olishi kerak. U yosh, buni o‘rganib olish uchun vaqti yetarli. Biroq u bir narsani tushunib olishi kerak. O‘yin vaqtidagi ehtirosli gaplar muammo emas, biroq uchrashuvdan keyingisi... Yo‘q.

Biz manman emasmiz, qaytanga buning aksimiz. Uchrashuvdan keyin mavzuni yopish kerak edi. Ammo Frenk unday qilmadi va bu menga yoqmadi», — deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul»ning ikkinchi gol oldidan Mateo Kovachich jarima maydoni yaqinida Sadio Manega nisbatan qo‘pollik ishlatdi deb baholandi. Shundan keyin har ikki jamoa murabbiylari o‘rtasida tortishuvli holat yuz berdi. Belgilangan jarima zarbasini Trent golga aylantirdi.

Kiritildi: 23:54, 24.07.2020.
O'qildi: 4260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.