"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar"ning barcha futbolchilari bir haftalik ta’tilda dam olayotganida, fransiyalik futbolchi klub bazasida shug‘ullanmoqda.
Kataloniyaliklar Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Napoli"ga qarshi javob o‘yinini 8 avgust kuni o‘tkazishadi. Jamoa bu bosqichda o‘tsa, chorak final uchrashuvini 14 avgust kuni "Bavariya" - "Chelsi" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. Dembele mana shu o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.