Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Deyan Lovren: "Zenit"ga o‘tganimdan xursandman va bundan faxrlanaman" (intervyu)

Deyan Lovren: "Zenit"ga o‘tganimdan xursandman va bundan faxrlanaman" (intervyu)

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Zenit» klubi yangi futbolchisi Deyan Lovren yangi jamoaga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirdi.

— Deyan, «Zenit»ga xush kelibsiz! Ushbu o‘tish haqida qanday fikrdasiz? O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Rahmat! «Zenit» klubiga o‘tganimdan xursandman va bundan faxrlanaman. Ushbu transfer amalga oshganligi uchun Sergey Semak va Aleksandr Medvedevlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

— Jamoaga kelishingizdan oldin «Zenit» va Peterburg shahri haqida nimalarni bilardingiz?

— «Zenit» — Rossiyaning eng kuchli jamoasi ekanligini bilardim, so‘nggi ikki yilda chempion bo‘lganini va joriy mavsumda Kubok sohibiga aylanganini ham bilardim. Nafaqat bu nufuzlar meni ushbu klubga chorladi, shuningdek, jamoa tarkibida kuchli futbolchilar ham jamoaga o‘tishimga turtki bo‘ldi. «Zenit» yevrokuboklarga, asosan YECHLga ko‘proq etibor qaratayotgani meni o‘ziga rom etdi. Bu men uchun juda muhim. Men ushbu turnirda o‘zimdan yaxshi iz qoldirdim, lekin bu men uchun oz, endi men o‘z tajribamni yangi jamoadoshlarimga ulashmoqchiman va yangi jamoamni yanada oldinga qadam tashlashiga yordam bermoqchiman.

— 2018 yili Jahon Chempionatida Xorvatiya terma jamoasi Roshinoda mashg‘ulot olib borgan. Shaharni tomosha qilishga ulgurganmidingiz? Peterburg va Rossiyadan qanday taasurootlar qolgandi?

— Ha, haqiqatdan ham biz Peterburgdan uncha uzoq bo‘lmagan shaharchada yashagandik. Afsuski, men shahar bo‘ylab yurdim xolos, ammo, dunyoning eng chiroyli shaharlaridan biri sifatida taasuroot qoldirgan. Roshino menga yoqqandi, u yer juda chiroyli va shimolning ajoyib tabiati aks etgan. Umuman olganda Rossiya JCHni ajoyib tarzda o‘tkazdi, ungacha men 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCHda qatnashgandim va Rossiyada o‘tgan JCH tarixdagi eng yaxshilar biri bo‘lgandi.

— Deyan, "Zenit" klubi muxlislari uchun tilaklaringiz

— Avvalo, ularning barchasi tezroq trubinalarga qaytishlarini xohlayman. O‘n foizi emas, yarmi emas, barchasi qaytishini xohlayman. Bundan katta va ajoyib stadion doim to‘la bo‘lishi shart! Men ham o‘z navbatida o‘z o‘yinlarim bilan harakat qilaman va mashg‘ulotlardagi mehnatim bilan ularning hurmatini qozonaman. Bilaman, bu oson bo‘lmaydi, lekin bor kuchimni ishga solaman. «Gazprom Arena»da ko‘rishguncha!

Kiritildi: 18:08, 27.07.2020.
O'qildi: 1720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.