Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Shahboz JUMABOYEV: "Andijon" muxlislari mamlakatimizda tengsiz!"

Shahboz JUMABOYEV: "Andijon" muxlislari mamlakatimizda tengsiz!"

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda "Andijon" jamoasida to‘p surgan mahalliy hujumchi Shahboz Jumaboyev joriy yil yana jamoamizga qaytdi.

- Shahboz, ma’lum muddatli tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarda ishtirok etishda qiyinchiliklar bo‘lmayaptimi?

- Yo‘q, mashg‘ulotlarni boshlash qiyin bo‘lmadi. Chunki, jamoa tarkibidagi aksariyat futbolchilar bilan ilgari birga o‘ynaganmiz va til topishib ketishda muammo bo‘lmadi. Mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapman. Berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, rahbariyat va murabbiylar shtabi ishonchini qozonish niyatidaman. Shu fursatdan foydalanib, Ma’rufjon Abdusalomovga kattakon rahmat aytaman.

- Yangi bosh murabbiy haqida qanday fikrdasiz?

- Viktor Kumikov tajribali murabbiy sanaladi. Mashg‘ulotlari rang-barangligi futbolchilarni xursand qilmoqda. Ishonamanki, Viktor Balyutovich "Andijon" jamoasini ijobiy natijalar sari yetaklay oladi.

- Ma’lum muddat jamoa safida bo‘lmadingiz.

- Ha, ayrim sabablarga ko‘ra, yarim mavsum jamoa bilan birga bo‘lmadim. Lekin shunga qaramasdan, sport formamni ushlab turish uchun yakka tartibda mashg‘ulotlarni o‘tkazib turdim.

- "Andijon" jamoasi muxlislari tilaklaringiz.

- Istalgan inson bilan tortishish mumkin: "Andijon" muxlislari mamlakatimizda birinchi o‘rinda turadi. Jamoaning yaxshi va yomon kunlarida, muvaffaqiyatsiz o‘yinlarida ham tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turishadi. Barcha muxlislarimizga faqat va faqat yaxshiliklarni tilayman! Xudo xohlasa, omadli o‘yinlarimiz bilan minglab muxlislarimizni xursand qilamiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:27, 15.08.2020.
O'qildi: 1886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик