«Barselona» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoadagi tartib-intizomni kuchaytirishga qaror qildi.
Endi futbolchilar klub bazasiga mashg‘ulot boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishlari kerak, deya xabar tarqatdi Sport.es.
Manbaga ko‘ra, bunday qoida "ko‘k-anorranglilar"ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola paytida ham mavjud bo‘lgan. Ammo Ernesto Valverde va Kike Setyen paytiga kelib klubdagi intizom sustlashib ketgan edi.